Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Sun’iy ong APLning barcha davrlardagi eng yaxshi ramziy terma jamoasini tuzdi

Sun’iy ong APLning barcha davrlardagi eng yaxshi ramziy terma jamoasini tuzdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa sun’iy ong tomonidan tanlab olindi. Chat GPT deb atalmish ma’lumotlar bazasi o‘z tanlovini qildi. Tuzilgan jamoada ayrim bahsli tanlovlar mavjud bo‘lib, ayni damda APLda o‘nayotgan yulduzlarning hech biri jamoaga kira olmagan. Shuningdek, yetti bor Angliya chempioniga aylangan "Manchester Siti"dan faqatgina bitta vakil mavjud xolos. Chat GPT o‘z jamoasini 4-3-3 taktik sxemasi asosida shakllantirdi.

Qizig‘i yarim himoya, nisbatan muammoliroq tuzilgan. Angliya terma jamoasi afsonalari bo‘lgan Frenk Lempard, Stiven Jerrard va Pol Skoulzlar sun’iy ongning tanlovi bo‘ldi. Bu trio amalda hech qachon birga o‘ynamagan. Jerrard va Lempard bundan mustasno, albatta. Ammo ular bir harakat qilgan paytda Angliya asosan muvaffaqiyatsizlikka uchrardi. Shuningdek, himoyada ham kutilmagan tanlov mavjud. Chatbot ayni damdagi besh karra Angliya chempioni Kayl Uokerning o‘rniga Gari Nevillni qanot himoyasi uchun ma’qul ko‘rdi. Shunday qilib, "Manchester Siti"dan faqatgina Vensen Kompanigina tanlab olindi xolos. Ha, o‘tmishda Lempard ham bir mavsum "shaharliklar" safida harakat qilganini unutmaslik lozim.

Kompani markaziy himoyada Jon Terri bilan tandem hosil qiladi. Chap qanotdan esa Terrining klub va terma jamoadagi sherigi Eshli Koul joy olgan. "Manchester Yunayted"ning shonli davridagi afsonalardan biri Piter Shmeyxel darvoza sohasiga tanlab olingan. Hujumda esa "qizil iblislar"ning yana bir vakili Krishtianu Ronaldu harakat qiladi. U chap qanotga qo‘yilgan. Hujum chizig‘ining qolgan nuqtalarini APLning eng yaxshi to‘purari Alan Shirer hamda "Arsenal" forvardi Tyerri Anri egalladi.

Chat CHPT zaxira variantlarini ham shakllantirgan. Unga ko‘ra, ikkinchi darvozabon Petr Chex bo‘ladi. "MYU" triosi Ferdinand, Vidich va Yap Stamlar himoyani butunlay o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Shuningdek, bu pozisiya uchun Sol Kempbell va Virjil van Deyklar ham bor. Yarim himoya borasida ham birday kuchli variantlar berilgan. Roy Kin, Patrik Viyeyra va Sesk Fabregaslar zaxirada qoldirildi. Hujumni esa Ueyn Runi, Dennis Bergkamp hamda Serxio Aguerolar bilan o‘zgartirish mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:21, 20.08.2023.
O'qildi: 4507 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.