Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. «Turon» va «Bunyodkor» bahsida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha O‘FA hakamlar qo‘mitasining bayonoti e’lon qilindi

Superliga. «Turon» va «Bunyodkor» bahsida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha O‘FA hakamlar qo‘mitasining bayonoti e’lon qilindi

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Turon” va “Bunyodkor” o‘rtasidagi bahsda 2:1 hisobida mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” yarim himoyachisi Farhod O‘tkirov tomonidan urilgan gol yuzasidan bahsli vaziyat yuzaga keldi va bu borada Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonot berdi.

"Mazkur holat O‘FA hakamlar qo‘mitasi tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi. Yuqorida keltirilgan videoma’lumotlar qo‘mita vakillariga ilova qilindi. Unga ko‘ra, ushbu vaziyat VAR hakamlari tomonidan ko‘rib chiqilgan, biroq ofsaydni qayd etish uchun yetarlicha tasvirlar va dalillar bo‘lmagani sababli, VAR protokoli bo‘yicha ular golni inobatga olishga majbur bo‘lgani oydinlashdi. VAR hakamlari faqatgina MTRK uzatgan kadrlardan foydalana olishini, “FIFA plus” tomonidan suratga olingan tasvirlar esa ularga taqdim qilinmasligini (texnik tomondan buning iloji yo‘q) inobatga olsak, bu vaziyatda VAR vakillari ojiz qolgan. Vaholanki, “FIFA plus”ning tasvirida ofsaydni ilg‘ab olish qiyinchilik tug‘dirmas edi. Shu tariqa, ushbu dalillardan kelib chiqqan holda, hakamlar qo‘mitasi vakillari VAR hakamlarini aybsiz deb topdi.

Shuningdek, o‘yinning bu vaziyatida nazoratni qo‘ldan chiqargani va o‘yindan tashqari holatni qayd etmagani sababli, uchrashuv yordamchi hakami Feruz Dostonov aybdor deb topildi va qo‘mita unga nisbatan Superliga bahslaridan 4 ta o‘yinga chetlatish va quyi ligaga tushirish jazosini qo‘lladi", — deyiladi tarqatilgan bayonotda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:35, 21.08.2023.
O'qildi: 6353 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.