Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/11 01:00 Boliviya 2-2 Paragvay
20/11 04:00 Kolumbiya 0-1 Ekvador
20/11 05:00 Argentina 1-0 Peru
20/11 05:00 Chili 4-2 Venesuela
20/11 05:45 Braziliya 1-1 Urugvay
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor

Markes Lopes: “Navbahor” – yaxshi jamoa hamda O‘zbekiston chempionati turnir jadvali peshqadami”

Markes Lopes: “Navbahor” – yaxshi jamoa hamda O‘zbekiston chempionati turnir jadvali peshqadami”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) saralash bahsi doirasida "Navbahor" safarda “Al-Vakra” (Qatar)ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

OCHL musobaqasi reglamentiga muvofiq, bo‘lajak bellashuv oldidan har ikki jamoaning bosh murabbiylari va bir nafardan futbolchilari ishtirokida 21 avgust kuni bugun uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Al-Vakra shahridagi “Al-janub” stadioni anjumanlar zalida bo‘lajak o‘yindan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda “Al-Vakra” bosh murabbiyi Markes Lopes va ushbu jamoaning tajribali yarim himoyachisi Ahmad Fadel bo‘lajak bahs borasida o‘z fikrlarini bildirishdi hamda jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

Biz mezbonlarning ispaniyalik ustozi va futbolchisining matbuot anjumanidagi “Navbahor”ga oid fikrlarini e’tiboringizga havola etyapimiz.

Markes Lopes: – Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) kabi nufuzli musobaqadagi o‘yinlar o‘ziga xos ahamiyatga ega va chempionat bahslaridan ancha farq qiladi. Maqsadimiz — ijobiy natijaga erishish hamda guruh bosqichida ishtirok etish.

“Al-Vakra” oxirgi marta OCHLda 2002 yili ishtirok etgan hamda o‘shandan buyon jamoa bunday katta turnirda qatnashmagan. Shu bois, biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatgani maydonga tushamiz va o‘zimiz istagan natijani qayd etishga harakat qilamiz.

Yigitlardan bo‘lajak o‘yinga katta e’tibor bilan munosabatda bo‘lishlari talab etiladi. Bo‘lajak bahs Qatar futboli, xususan, Al-Vakra shahri aholisi uchun muhim ahamiyatga ega.

Bo‘lajak raqibimiz - “Navbahor” haqida ayrim ma’lumotlarga egaman. Yaxshi jamoa hamda O‘zbekiston chempionati turnir jadvali peshqadami. Biroq  yo‘qotadigan narsamiz yo‘q, shu bois maqsadimizga erishish uchun bunday imkoniyatdan foydalanishimiz kerak.

O‘zbekiston chempionati bir hafta oldin boshlangan Qatar chempionatidan farqli o‘laroq, 17-turga yetib keldi. Shuning uchun, albatta, “Navbahor” jamoasi bizga qaraganda jismoniy jihatdan bo‘lajak bellashuvga tayyorroq bo‘lishi mumkin, ammo bu ko‘p narsani anglatmaydi, chunki bu tayyorgarlik bir o‘yinda unchalik ham yordam bermaydi.

Ahmad Fadel: – Bo‘lajak bellashuv oson bo‘lmasligini his qilib turibmiz. Qolaversa, “pley-off”  faqatgina bitta bahsdan iborat bo‘lgani uchun bu mag‘lubiyatga uchragan jamoaning joriy mavsumda OCHLdagi oxirgi uchrashuvi bo‘ladi.

Bunday saviyadagi o‘yinlar eng yuqori darajadagi konsentrasiyani talab qiladi. Biz bunday bahslarda ishtirok etish uchun zarur tajribaga egamiz. “Al-Vakra” rahbariyati, xodimlari va muxlislarini xursand etib, g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Bo‘lajak uchrashuvning ahamiyati shundaki, biz 21 yildan buyon OCHLda qatnashmayapmiz. So‘nggi ikki yilda esa buni amalga oshirish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirdik.

O‘zbekistondan tashrif buyurayotgan raqibning ba’zi o‘yinlarini tomosha qildim. Ularda alohida iqtidorga ega yarim himoyachilar mavjud, ammo bizda ham bu pozisiyada o‘ziga xos futbolchilar bor, shu bois, o‘yin davomida keskin kurash sodir bo‘ladi. Tashqi bosimga e’tibor bermasdan, murabbiy ko‘rsatmalarini bajargan holda, maydonda maksimal kuch sarflashga harakat qilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:39, 22.08.2023.
O'qildi: 1936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.