Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Yevropa transfer oynasi yopilish arafasida. Ammo klublar yakuniy kelishuvlar ustida ishlamoqda. 22 avgust kuni qiziqarli yangiliklar paydo bo‘ldi.

"Manchester Yunayted" Onanaga sherik topdi

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, “Fenerbaxche” darvozaboni Altay Bayindir “Manchester Yunayted”ga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Darvozabon Afinadan Istanbulga qaytdi, shundan so‘ng u Angliyaga uchib ketadi. "Fenerbaxche" Bayindir o‘rniga xorvatiyalik Dominik Livakovichni taklif qilmoqda. U o‘z navbatida ertaga, 23 avgust kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ronalduning yana bir top sherigi bor

"An-Nasr" yana bir top futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Yarim himoyachi Otavio Saudiya klubiga "Portu"dan kelgan. Transfer summasi bonuslar bilan birga 60 million yevroni tashkil etdi. Tomonlar 2026 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzoladilar. Otavio “Portu”da yetti yil o‘ynadi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Chelsi" yana bir futbolchini qo‘yib yubordi

"Nyukasl" rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Lyuis Xoll klub safiga qo‘shilgan. 18 yoshli futbolchi 2024 yilning yoziga qadar ijaraga berilgan. "Nyukasl" ma’lum sharoitlarda "Chelsi"dan Xollni taxminan 33 million yevro + 8 million yevro bonus va kelajakdagi sotuvning bir foiziga sotib olish huquqiga ega. Lyuis "Chelsi" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2022 yilda jamoadagi debyutini o‘tkazgan.

"Yuve" afsonasi Bundesligada ishtirok etadimi?

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Union Berlin"ga o‘tishi mumkin. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda, 36 yoshli italiyalik transferga qarshi emas. Avvalroq, "Yuventus" Bonuchchi bilan hisoblashmasligi haqida xabar bergandi. Leonardo turinliklar safida 502 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z faoliyatining 12 yilini klubga berdi.

"Milan" Argentinadan yangi himoyachi topdi

Italiya giganti futbolchilarni sotib olishda davom etmoqda. Yangi transfer "Platense" himoyachisi Marko Pellegrino bo‘lib, uning uchun "Milan" 5,5 million yevro to‘lagan. Argentinalik futbolchi klub bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan va 31-raqamni egallagan.

"Chelsi" Petrovichni qo‘lga kiritdi

"Chelsi" darvozabon bilan shartnoma imzolaydi. Jorj Petrovichning transferi londonliklarga 16 million yevroga tushadi.Tibbiy tekshiruvlar bugun, 23 avgustga belgilangan. Qizig‘i, o‘tgan mavsumda Petrovich MLSda yilning ikkinchi darvozaboni sifatida tan olingandi. U Serbiya terma jamoasida ikkita o‘yin o‘tkazgan.

Mourinyo yana Lukaku bilan ishlaydimi?

"Roma" tomonidan katta o‘tish tayyorlanmoqda. Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, Rim klubi Romelu Lukakuni ijaraga olish ustida ishlamoqda. Rimliklar bosh direktori Lina Suluku 22 avgust kuni Londonga yetib keldi. U belgiyalik futbolchi uchun ijara bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. "Roma" to‘liq xarid qilishni xohlamaydi, chunki byudjet bunga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq, ijara rimliklarga juda mos keladi. Shu bilan birga, italiyaliklar forvardga maoshning 100 foizini to‘lashga tayyor emaslar. Lukaku umuman kerak bo‘lmagan bunday shartlarga "Chelsi" rozi bo‘ladimi?

“Beshiktosh” afsonaviy himoyachi bilan kelisha olmadi

Serxio Ramosning Istanbuldagi sarguzashtlari (hozircha) bekor qilindi. "Beshiktosh" rasmiy sayti klub ispaniyalik futbolchi bilan muzokaralar olib borayotgani, biroq tomonlar maosh borasida kelisha olmagani haqida xabar tarqatdi. Oldinroq “Beshiktosh” vise-prezidenti Emre Kojadag 37 yoshli ispaniyalik futbolchi yiliga kamida 10 million yevro maosh olmoqchi ekanligini takidlagan edi. Ammo Serxioning Turkiya chempionatida bo‘lish ehtimoli hali ham mavjud. "Galatasaroy" ham Ramosga qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 06:19, 23.08.2023.
O'qildi: 3882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик