Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga. OKMK – «Neftchi» uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert hakamlar komissiyasi xulosasi e’lon qilindi

Superliga. OKMK – «Neftchi» uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert hakamlar komissiyasi xulosasi e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Avvalroq xabar berganimizdek, O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan OKMK hamda «Neftchi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar ishi muxlislarning ko‘plab noroziligi va e’tirozlarini inobatga olgan holda, Ekspert-hakamlar komissiyasiga oshirilgan edi. Komissiya a’zolari 3 ta bahsli vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, yakuniy xulosalarini ma’lum qildi.

1-vaziyat: Penalti bor yoki yo‘q?

Dastlab uchrashuvning 42-daqiqasida «Neftchi» darvozasi tomon belgilangan penalti vaziyati ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, komissiya vakillari uzoq vaqt davom etgan bahslardan so‘ng, ovoz berish yo‘li bilan masalani hal qildi. Natijada, ovozlarning katta qismi (80%) ushbu vaziyatda penalti bor deb topdi va hakamning qarori to‘g‘ri, deya baholandi.

2-vaziyat: Ofsayd bormidi yoki «Neftchi»ning goli nohaq bekor qilindimi?

O‘yinning 45-daqiqasida yuzaga kelgan «Neftchi» tomonidan urilgan golning ofsayd sababli bekor qilinishi ham ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Shu tufayli, o‘sha vaziyatda VAR tomonidan ofsayd chizig‘i tortilgani va vaziyat o‘sha paytiyoq tekshirilib, qaror to‘g‘ri chiqarilgani aks etgan videotasvirni ilova qilmoqdamiz. Ekspert hakamlar komissiyasi a’zolari bir ovozdan hakamlarning qarori bu holatda to‘g‘ri bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

3-vaziyat: Qizil yoki sariq kartochka?

Bahsning 57-daqiqasida OKMK futbolchisi Islom To‘xtaxo‘jayev tomonidan raqib futbolchisiga nisbatan o‘yin qoidasi qo‘pol tarzda buzilgan. Bosh hakam Ilgiz Tantashev esa dastlab futbolchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatgan, biroq VARga murojaat qilgach, qarorini o‘zgartirib, bu vaziyatda sariq kartochka bilan kifoyalangan. Ekspert hakamlar komissiyasi ushbu holatni chuqur tahlil qilgach, qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

Manba: https://t.me/uzfhm
Kiritildi: 14:38, 28.08.2023.
O'qildi: 2781 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик