Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Maksim Shaskix: "Qiyin oyda yetarlicha g‘alabalarga erishdik"

Maksim Shaskix: "Qiyin oyda yetarlicha g‘alabalarga erishdik"

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix Superliganing 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Qizilqum"ga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

"Biz qiyin oyni o‘tkazdik. Unda yetarlicha g‘alabalarni qo‘lga kiritdik. Ikkita tushunarsiz penalti bo‘ldi. Ularni ko‘rib chiqamiz. Ilk navbatda natija turadi. Shu sababli ishonch bilan uch ochkoga ega chiqdik deya olaman. Endi termalar o‘yinlari sababli tanaffusga chiqamiz. Biroz tin olib, navbatdagi janglarga tayyorlanamiz.

Hamrobekovni bugun uni markaziy himoyada ishlatishni ma’qul ko‘rdik. U o‘z vazifasini yaxshi uddaladi. Pozisiyasi tayanchda. Markaziy himoyaga yaqin.

Azmiddinov qizil olgan holatda bosh hakam o‘yinning davom ettirilishini so‘radi. Qanot hakami esa nimanidir ko‘rib qolgandek bo‘ldi. Birinchi bo‘limda u 5 metr yonida to‘p kimdan chiqib ketganini ko‘rmay qolgandi. Biroq 60 metr naryoqdagi qizil kartochkani ko‘rdi. Bularning barchasi ularning vijdoniga havola.

Legioner degani doimo o‘ynashi kerak degani emas. Barchasi sog‘lom raqobatga bog‘liq. Kim ayni damda kuchli bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi. U legioner bo‘ladimi yoki mahalliy, buning farqi yo‘q. 5 nafar legionerning barchasi o‘ynashi kerak degan gap yo‘q. Sog‘lom raqobatni ham hisobga oling. Mashg‘ulot jarayonlarini kuchaytirganmiz.

Cheranda o‘tgan kuni belida muammo paydo bo‘lgandi. Shu sababli tanaffusda unga buguncha yetarliligini aytdim", — dedi Shaskix.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:37, 29.08.2023.
O'qildi: 1621 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик