Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Barselona» afsonalari Markaziy Osiyo faxriylariga qarshi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Barselona» afsonalari Markaziy Osiyo faxriylariga qarshi o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

“Barselona” afsonalari va Markaziy Osiyo faxriylari ishtirokidagi o‘rtoqlik o‘yini 30 avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Kataloniya klubi Qirg‘izistonda o‘z akademiyasini ochdi. Ochilish marosimida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, kataloniyaliklar rahbari Xoan Laporta, shuningdek, klub afsonalari bo‘lgan Karles Puyol va Rivaldo ishtirok etdi.

Jalol-Obodda akademiya ochilishi munosabati bilan “Barselona” afsonalari va Markaziy Osiyo yulduzlari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston vakili sifatida Server Jeparov, Azamat Abduraimov, Baxtiyor Ashurmatov, Leonid Koshelev kabi faxriylar ishtirok etdi. Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham Markaziy Osiyo faxriylari tarkibida harakat qildi.

Hozirda O‘FA birinchi vise-prezidenti lavozimida faoliyat olib borayotgan sobiq hakam Ravshan Ermatov o‘yinni boshqarib bordi.

Uchrashuv “Barselona” afsonalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Kataloniyaliklar safida Rivaldo, Sorin va Saviola o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

O‘rtoqlik o‘yini, 30 avgust
Markaziy Osiyo faxriylari — “Barselona” afsonalari 0:3
Gollar: 0:1 — 26 Rivaldo, 0:2 — 37 Sorin, 0:3 — 80 Saviola.
Markaziy Osiyo faxriylari: 1. Zokir Jalilov, 3. Talant Samsaliyev, 4. Ruslan Sidiqov, 5. Igor Avdeev, 6. Andrey Karpovich, 7. Muxsin Muhammadiyev, 8. Server Jeparov, 9. Valeriy Berezovski, 10. Azamat Abduraimov, 11. Sadir Japarov, 12. David Loriya, 14. Bashir Said, 15. Faysal Xalil, 16. Leonid Koshelev, 17. Xurshed Mahmudov, 19. Xodadad Aziziy, 20. Azamat Ishenbayev, 21. Kanat Sardarov, 22. Baxtiyor Ashurmatov, 77. Aybek Alibayev, 88. Samat Smakov.
“Barselona” afsonalari: 1. Xesus Mariano Angoygil, 2. Xuliano Haus Belletti, 3. Edgar Davids, 5. Karles Puyol, 5. Xuan Moreno, 6. Roberto Gayoso, 7. Jon Lasa, 7. Xavier Saviola, 8. Lyudovik Jyuli, 10. Jovanni dos Santos, 10. Rojer Garsiya, 10. Rivaldo, 11. Jofre, 13. Albert, 20. Xuan Pablo Sorin, 23. Fransisko Koko.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:32, 30.08.2023.
O'qildi: 9530 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик