Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Vesko Steshevich: "O‘ylagan rejalarimiz ish berdi"

Vesko Steshevich: "O‘ylagan rejalarimiz ish berdi"

Baho:
+ | -

Superliga 18-turida o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etgan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Vesko Steshevich g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘yinni yaxshi boshlay oldik. Dastlabki daqiqalardagi hayajonni yengib o‘tdik va o‘yinni qo‘lga oldik. O‘yin avvalidagi reja va taktikamiz ish berdi. Juda muhim va haqli g‘alaba. Shu bilan birga bugun bizga qattiq qarshilik ko‘rsatgan “So‘g‘diyona”ga ham rahmat. U yerda yosh va juda ambisiyasi kuchli bo‘lgan hamkasbim ishlayapti. Uning qo‘l ostida jamoa ajoyib o‘ynamoqda va bugun ochkolari sonini ancha ko‘paytirib jadvalda yuqorilab olishdi. Unga va uning jamoasiga omad”, - dedi Steshevich.

“Ikkinchi taymda hisobdagi ustunlikni saqlab qolishni maqsad qilgan holda harakat qildik. Shunga qaramay, o‘yinda yana gol urish uchun vaziyatlar yarata oldik. Shahzod Ubaydullayev ancha imkoniyatlardan foydalana olmadi. O‘yinda ancha yaxshi harakat qildi. Afsuski gol ura olmadi. Buning uchun biroz afsusdaman. O‘yin davomidagi faolligi uchun rag‘bat bo‘lardi”.

“Bugungi o‘yindagi ajoyib harakatlari uchun shogirdlarimga rahmat. Bugungi o‘yin va shijoat tufayli himoyachilarimizni tanqid qilmagan bo‘lardim”.

“Nematjonov hozirda Jahon chempionatida orttirib olgan jarohatidan qutulmagan. Keyingi yig‘inimizda uning holatini bilib olamiz. Jamoamiz progressiv harakat qilmoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinlarini uyda o‘ynamaydi. Ammo, muxlislarimiz bizni qayerda o‘ynasak ham, yolg‘izlatib qo‘yishmasligiga ishonaman, bizga bu juda muhim”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:42, 31.08.2023.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.