Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Samvel Babayan: "Shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz"

Samvel Babayan: "Shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz"

Baho:
+ | -

Superliga 18-turida o‘z uyida OKMK bilan durang o‘ynagan “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan durang, avvalgi o‘yinlardagi omadsizlik, yaratilayotgan vaziyatlar va uchta frontdagi kurash haqidagi savollarga javob berdi.

“Bugun ham o‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lgan holda g‘alaba qozona olmadik. Har o‘yinda raqiblarga qaraganda ustunroq harakat qilayapmiz, yetarlicha va keragidan ortiq hatto vaziyatlar yaratayapmiz, ammo ularni golga aylantira olmayapmiz. Bilmayman, bu nima bilan bog‘liq. To‘p shunchaki darvozaga kirmayapti. Hozir hatto futbolchilarni ham tanqid qila olmayman, bunga sabab yo‘q. Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz holos”, - dedi Babayan.

“Jizzaxda ham shunday bo‘lgandi. Vaziyatlar yetarli, ammo, shunchaki foydalana olmayapmiz. Charchoq yoki ruhiy kamchilik? Bilmayman. Men buni charchoq bilan bog‘lamagan bo‘lardim. OCHLdagi ekstra-taymlargacha davom etgan o‘yindan so‘ng Jizzaxda ham raqibga nisbatan ko‘proq vaziyat yaratdik. Qaytaraman, shunchaki vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz”.

“Biz o‘zimiz qatnashayotgan musobaqalarning barchasida hali kurashayapmiz. Hamon kurashdamiz. Bugun ko‘rayapsizki, barcha kurashmoqda. Oson g‘alaba qozona olmaysiz. Jamoalar har bir ochko uchun kurashmoqda. Bugungi jamoalar orasidagi turli intrigalarni unutib faqat futbol haqida o‘ylash kerak. Biz ham hali kurashamiz”.

“Oston bugun qancha golli vaziyatlar yaratdi. Bir emas, beshta gol urishi mumkin edi. Psixologik tomonlama muammo bordir. Bilmayman. Chempionatimiz ancha qiziqarli o‘tayapti. Bugun barcha jamoalarda imkoniyat bor. Barchasi oldinda”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:47, 31.08.2023.
O'qildi: 1521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик