Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Mirjalol Qosimov: «O‘zbekiston kubogida eng yuqori maqsadni ko‘zlaganmiz»

Mirjalol Qosimov: «O‘zbekiston kubogida eng yuqori maqsadni ko‘zlaganmiz»

Baho:
+ | -

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O‘zbekiston kubogi chorak final doirasida "Xorazm"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘zbekiston kubogida eng yuqori maqsadni ko‘zlaganmiz. Qur’ada bizga qulay Pro liga jamoasi tushgan edi. Shu bois ham chorak finalda g‘olib chiqishimiz shart edi. Lekin omad boshqa narsa, amalda isbotlash boshqa narsa. Yetakchi futbolchilarni ba’zilariga dam berishga qaror qildik. Shunga qaramay birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etib yirik hisobda g‘alaba qozondik.

Ikkinchi bo‘limda imkon darajasidagi barcha beshta o‘zgarishlarni amalga oshirib rotasiyaga qo‘l urdik. Bir tomondan yigitlar o‘yinda biroz bo‘shashishdi. Shuning uchun ham darvozamizdan 2 bor gol o‘tkazib yubordik. Muhimi g‘alaba edi va bunga erishdik. Yarim finalga yo‘l olganimiz bilan shogirdlarimga ham rahmat aytaman va jamoa muxlislarini tabriklayman. Nasib qilsa, keyingi bosqichlarda ham yaxshi o‘yinlarni namoyish etib bosh sovrinni o‘zimizniki qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", — dedi Qosimov.

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 21:36, 03.09.2023.
O'qildi: 1807 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик