Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

O‘zbekiston OFKga a’zo assosiasiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi formatda ilk bor o‘tkaziladigan konferensiyasiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston OFKga a’zo assosiasiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblari ishtirokidagi formatda ilk bor o‘tkaziladigan konferensiyasiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

So‘nggi paytlarda OFK tomonidan yurtimizga ko‘plab nufuzli turnirlar hamda qit’a miqiyosidagi xalqaro tadbirlar mezbonligi topshirilmoqda.

Joriy yilning 7-8 oktyabr kunlari yurtimiz qit’a miqyosidagi yana bir muhim tadbirga mezbonlik qiladi. OFKga a’zo assosiasiyalar prezidentlari hamda bosh kotiblarining ilk bor o‘tkaziladigan konferensiyasini tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalarini muhokama qilish maqsadida OFK vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida tashkil etilgan uchrashuvda yurtimiz futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qit’a miqyosida qo‘lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar e’tirof etildi. Futbolni qo‘llab-quvvatlash, yirik futbol tadbirlariga mezbonlik qilish borasidagi davlat siyosati yuksak baholandi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov OFK rahbarlari va bosh kotiblarining navbatdagi konferensiyasini o‘tkazish kelgusida yirik tadbirlarga mezbonlik qilish yo‘lida ulkan tajriba va imkoniyat berishini, uni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha barcha harakatlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida mazkur yirik tadbirga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi va oldinda turgan vazifalar belgilab olindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:55, 05.09.2023.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.