Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

"Barselona" rasmiy sahifasi qo‘ygan surat klub muxlislarining g‘azabiga sabab bo‘ldi

"Barselona" rasmiy sahifasi qo‘ygan surat klub muxlislarining g‘azabiga sabab bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning Instagram'dagi rasmiy akkaunti bugun klub afsonasi Yoxan Kroyff Joau Feliksning tasvirini tahrirlash dasturi yordamida kollaj qilib joyladi.

"Tanish ko‘rinyaptimi" - post ostida shunday yozuv bor edi. Katta ehtimol bilan, muallif Kroyff va Feliksning to‘p ustida bir xil o‘tirganini nazarda tutgandi. Biroq “Barselona” muxlislari bu ishoralarni tushunishmadi va bunday solishtirish “Uchar golland”ni haqorat qilish ekanligini aytishdi.

Muxlislar post ostida qoldirgan eng mashhur izohlar:

— Iltimos, ijaradagi futbolchi bilan buyuk Kroyff xotirasini haqorat qilmang;

— Klubimiz uyat nima ekanligini unutgan;

— Joau Feliksni maydonda "Barselona" libosida ko‘rishni yomon ko‘raman, sizda bu dahshatli postni o‘chirishga vaqtingiz bor;

— Kroyffga nisbatan qanday hurmatsizlik! Bunday taqqoslashni bas qiling. Bu yerga Chempionlar ligasi (2010/2011) finali oldidan Messining tushgan suratini qo‘ygan ma’qul;

— Shuning uchun jamoamiz o‘smayapti. Sharmandalik!

Eslatib o‘tamiz, Joau Feliks "Atletiko Madrid" bilan ijara shartnomasi doirasida Kataloniya klubiga 1 yilga o‘tdi. Portugaliyalik futbolchi "Osasuna"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, jamoadagi debyutini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

PS: Сурат ҳозирда тармоқдан олиб ташланган

Kiritildi: 22:35, 05.09.2023.
O'qildi: 9906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.