Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Legionerlarimiz: Deyarli samarasiz hafta...

Legionerlarimiz: Deyarli samarasiz hafta...

Baho:
+ | -

Rossiya. RPL 7-turida 2 nafardan hamyurtimizni o‘z safiga olgan «Pari NN» va «Rubin» klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Biroq legionerlarimizning yo‘llari maydonda kesishgani yo‘q. Chunonchi, «Pari NN» himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev 82-daqiqadagina zaxiradan tushdi, o‘yinni «Rubin»ning boshlang‘ich tarkibida boshlagan Umarali Rahmonaliyev esa 78-daqiqagacha harakatlandi. Qolgan ikki vakilimiz - Ruslan Jiyanov («Pari NN») va Rustam Ashurmatov («Rubin») o‘yindan chetda qolishdi. Natijaga kelsak, Nijniy Novgorod jamoasi 2:1 hisobida ustun keldi.

O‘z o‘rnida aytish kerak, Rustam Ashurmatov hafta o‘rtasida o‘tkazilgan Rossiya kubogi guruh bosqichi doirasidagi «Rubin» - «Ural» o‘yini (2:1)da o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygandi. Yakunda u Qozon klubining «Telegram» kanalida o‘tkazilgan so‘rov natijasiga muvofiq, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. RPL 7-turining markaziy o‘yini sifatida e’tirof etilgan SSKA - «Zenit» to‘qnashuvida esa kuchlar teng keldi - 1:1. «Armiyachilar» yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev bu uchrashuvda maydonga tushirilmadi. Vaholanki, yosh legionerimiz Rossiya kubogidan o‘rin olgan «Sochi»ga qarshi bahs (0:0, penaltilar seriyasi bo‘yicha 5:4 - SSKA g‘alabasi)da ilk marta «harbiylar»ning boshlang‘ich tarkibidan o‘rin olgan va 70-daqiqagacha to‘p surib, chakki taassurot uyg‘otmagandi.

Fransiya. O‘tgan mavsum Liga 1da 2-o‘rinni egallagan «Lans»ning ishlari aslo yurishmayapti. Abduqodir Husanovning jamoasi Fransiya chempionati 4-turida «Monako» mehmoni bo‘lib, yirik - 0:3 hisobida yengildi. Jamoa bosh murabbiyi Frank Ez bu safar ham legionerimizni jangga tashlagani yo‘q. Lansliklar 4ta o‘yindan so‘ng atigi 1 ochko bilan turnir jadvali 17-pog‘onasida borishmoqda.

Italiya. «Kalyari» va Eldor Shomurodovning ishlari ham yaxshi emas. Klaudio Ranyeri shogirdlari «A» seriya 3-tur o‘yinini safarda «Bolonya»ga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Milliy jamoamiz sardori o‘yinga ikkinchi bo‘lim boshida qo‘shildi, ammo biror samarali harakati bilan ko‘zga tashlanmadi. «Kalyari» 3-turdan so‘ng 1 ochkoga ega va turnir jadvalida 19-o‘rinni band etib turibdi.

Turkiya. Superliga 4-turidan o‘rin olgan «Rizespor» - «Fotih Qoragyumryuk» o‘yini taqdirini mezbon jamoaning yagona goli hal qildi. E’tiborlisi, bu uchrashuvda ikki legionerimiz maydonda qisqa vaqt o‘zaro raqib bo‘ldi. Ya’ni «Fotih» yarim himoyachisi Otabek Shukurov 69-daqiqada safga qo‘shilgan bo‘lsa, «Rizespor» himoyachisi Husniddin Aliqulov 89-daqiqada maydonga tushdi. Aytish joiz, Husniddin jarohat tufayli orada jamoasining 2ta o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. Shukurovning so‘nggi lahzada sariq kartochka olganini ham qayd etish joiz. «Rizespor» xalqaro tanaffusga Superliga turnir jadvali 6-pog‘onasida chiqqan bo‘lsa (klub 4ta o‘yinda 7 ochko oldi), «Fotih Qora-g­yumryuk» 4 ochko bilan 13-pog‘onada.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:30, 07.09.2023.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.