Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Real" "Manchester Siti"dan Xolandning o‘rinbosarini sotib olmoqchi

"Real" "Manchester Siti"dan Xolandning o‘rinbosarini sotib olmoqchi

Baho:
+1 | -

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda.

"Qirollik klubi" yozda "Al-Ittihod"ga ko‘chib o‘tgan Karim Benzemaning o‘rnini bosadigan yulduz bilan shartnoma imzolagani yo‘q. Fichajes fikriga ko‘ra, "Real Madrid" Alvaresni yaqinlashib kelayotgan transfer oynalarida qo‘lga kiritishga harakat qilishi mumkin. Qayd etilishicha, Argentina terma jamoasi hujumchisi nomzodini “Los-Blankos” boshqaruvchisi Karlo Anchelotti qo‘llab-quvvatlamoqda.

Xulian Alvares joriy mavsum “Manchester Siti” safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari 23 yoshli futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:45, 10.09.2023.
O'qildi: 7044 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик