Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

MLS. «Inter Mayami» Messisiz «Kanzas-Siti»ni mag‘lub etdi (videosharh)

MLS. «Inter Mayami» Messisiz «Kanzas-Siti»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

MLS muntazam chempionatining 31-turi doirasida «Inter Mayami» o‘z uyida «Kanzas-Siti» klubini qabul qilib, muhim g‘alabaga erishdi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safiga yo‘l olgani bois, u bugungi bahsda ishtirok eta olmadi. Shunga qaramay, Xerardo Martino jamoasi raqibni 3:2 hisobida taslim etdi.

«Inter Mayami» mazkur g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 28 taga yetkazib oldi va Sharqiy konferensiyada hamon 14-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa ochko yig‘ishda davom etsa, mavsumning pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

MLS, 31-tur
Inter Mayami – Sporting Kanzas Siti 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 9 Shalloi, 1:1 – 25, penalti Kampana, 2:1 – 45 Kampana, 3:1 – 60 Farias, 3:2 – 78 Pulido.
Inter Mayami – Kellender, Yedlin, Miller, Alba, Buskets, Arroyo, Farias (Ulyoa, 88), Aviles, Stefanelli (Sanderlend, 75), Kampana, Robinson (Allen, 83).
Sporting Kanzas Siti – Melia, Fontas, Rosero, Ndenbe (Shelton, 90), Gutyerres (Radoya, 46), Valter (Espinosa, 90), Tommi, Davis (Lyaybold, 75), Pulido, Rassell, Shalloi (Agade, 71).
Ogohlantirishlar: Gutyerres (33), Aviles (66), Lyaybold (79), Alba (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:17, 10.09.2023.
O'qildi: 2549 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик