Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"MYU" Antoni va Sanchosiz "Brayton"ga qanday qarshilik ko‘rsatadi?

"MYU" Antoni va Sanchosiz "Brayton"ga qanday qarshilik ko‘rsatadi?

Baho:
+ | -

Erik ten Xag oldida navbatdagi tur bahslari oldidan katta muammo turibdi. Negaki, "MYU"ning hujumida muammolar vujudga kelgan. Jamoa esa o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qilishi kerak. Undan keyin esa "Bavariya" mehmoni bo‘ladi. Klub o‘z rasmiy saytida Antonining maydonga tusha olmasligini tasdiqladi. Negaki, braziliyalik futbolchiga zo‘rovonlik aybi tirkalmoqda. Uning pozisiyasidagi yana bir hujumchi Sanchodir. Ammo u Erik ten Xag bilan "sen-men"ga borib qolgani sababli maydonga tushmasligi mumkin. Shunday bir paytda ten Xag yaxshilab o‘ylashi va hujumdagi muammoli masalaga yechim topishi zarur.

Qanotdagi bo‘shliqni to‘ldirishning bir yo‘li - bu Fakundo Pelistridan foydalanish. 21 yoshli hujumchi yoz davomida ijara shartnomalarini qabul qilmadi. Endi esa unda asosiy tarkibga kirib olish uchun yaxshi imkoniyat bor. O‘tgan mart oyida ten Xag Pelistrini asosiy tarkibga loyiq deb atagan. Shuningdek, Amad Diallo varianti ham yo‘q emas. Biroq u tizzasidan operasiya qilingach, qaytish vaqti anchagacha cho‘ziladi. Qolaversa, o‘ng tomonga Alexandro Garnachoni ham qo‘yish mumkin. Argentinalik hujumchi "Arsenal"ga qarshi bahsning qahramonlaridan biri bo‘lishi mumkin edi. Ammo uning so‘nggi daqiqalarda urgan goli offsayd tufayli bekor qilingan. Aslini olganda, Garnacho chap qanot futbolchisi. Ammo o‘tgan mavsumda "MYU" o‘yinlarini kuzatgan muxlis biladiki, 19 yoshli iqtidor o‘ngda ham birdek harakat qila oladi.

Erik ten Xag foydalanishi mumkin bo‘lgan uchinchi taktik sxema bu o‘ngga Brunu Fernandeshni qo‘yishdir. Shuningdek, Meyson Maunt ham ayni rolga mos keladi. Har ikki yarim himoyachi o‘z faoliyati davomida shunday vazifani bajarib ko‘rgan. Ayniqsa, Fernandesh o‘tgan mavsumda qanotda ancha foydali bo‘la olgandi. Ha, 29 yoshli yarim himoyachi maydon markazida jamoaga ko‘proq yordam beradi. Ammo yarim himoyaga Sofyan Amrabatni qo‘shish orqali Brunu Fernandeshning o‘rnini to‘ldirsa bo‘ladi. 1 sentyabr kuni sotib olingan Amrabatdan ko‘pchilik katta narsalarni kutmoqda. Afsuski, u ham jarohat olib, bir necha haftani o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lyapti.

Meyson Maunt o‘z jarohatidan xalqaro tanaffuslardan so‘ng qaytishi kutilmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda 18 yoshli Kobbi Meynu ham oy oxirigacha tuzalishi aytilgan.
Erik ten Xagning asosiy tarkibi o‘zgarishlar bo‘sag‘asida turibdi. Himoyadagi Diyegu Dalotning o‘rni Serxio Regilonga bo‘shatib beriladi. Markaziy hujum esa Xyoylunn va Marsyal o‘rtasida daqiqalar asosida taqsimlanadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:25, 12.09.2023.
O'qildi: 2919 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.