Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Meksikaning kuchli va kuchsiz tomonlari

Meksikaning kuchli va kuchsiz tomonlari

Baho:
+ | -

Raqibimiz Meksika terma jamoasi 4-3-3 sxemasi bo‘yicha harakat qiladi. Jamoa o‘yini "Vest Xem" futbolchisi Edson Alvares atrofida qurilgan. Aslida tayanch yarim himoyachisi bo‘lgan futbolchi hujumni yaxshi boshlashi uchun Meksika terma jamoasida markaziy himoyachi rolida o‘ynaydi.

Jamoa, asosan, o‘ng qanotdan ko‘proq hujum qiladi. Chunki bu qanotda huquqiy jihatdan "Barselona"ga tegishli o‘ng qanot himoyachisi, tezkor Xulian Arauxo va jamoaning eng xavfli vingeri Uriel Antuna harakat qilishadi.

Shuningdek,  veteran-darvozabon Gilyermo Ochoa, jamoa to‘purari Raul Ximenes, kreativ pleymeyker Karlos Vega va "Atletiko"ning sobiq yarim himoyachisi, tajribali Ektor Errerani alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Demak, jamoaning kuchli tomonlari:

- Yakkakurashlarda agressiv. Meksikalik futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun kurashda o‘ziniyam, raqibiniyam ayab o‘tirishmaydi. Bu jihati bilan shu paytgacha o‘ynagan jamoalarimiz orasida Venesuelani eslatib yuborishadi;

- Texnik jihatdan kuchli. AQSH safida Vea yoki Dest kabi alohida futbolchilar texnikasi bilan ajralib turgan bo‘lsa, Meksikaning barcha futbolchilari yuqori texnikaga ega;

- Muxlislar. Meksika terma jamoasi AQSH maydonlarida har doim o‘z uyida o‘ynagandek o‘ynaydi. AQSHga qarshi o‘yindan farqli o‘laroq, "Mersedes-Bens" stadioniga 70 ming atrofida meksikaliklar kelishi kutilmoqda.

Kuchsiz tomonlari:

- Atletizm. Meksikalik futbolchilar AQSH futbolchilariga qaraganda maydaroq, bo‘yi baland futbolchilari ham sanoqli. Bu bizga standart vaziyatlarda qo‘l kelishi mumkin;

- Tartibsiz pressing. Meksikaliklar yuqori, lekin individual va tartibsiz pressing qilishadi. To‘p bilan yaxshi harakatlanadigan futbolchilarimiz jamoaviy pressing yo‘qligidan unumli foydalanib, himoyadan qisqa paslar orkali chiqib ketishlari mumkin.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 21:35, 12.09.2023.
O'qildi: 2091 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.