Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

"MYU"ning o‘ng qanot hujumiga tekin variantlar: Azar, Lingard...

"MYU"ning o‘ng qanot hujumiga tekin variantlar: Azar, Lingard...

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yangi mavsum boshida hujumchi yetishmasligiga duch keldi. Bunga Antoni va Sanchoning kelajagi noaniq qolayotgani sabab bo‘lmoqda. Hozir futbolchi sotib olishning iloji yo‘q. Negaki, transferlar oynasi yopiq. Shu sabab "MYU" oldida faqatgina erkin agentlarni olib kelish yo‘li qolgan. Agarda tarkibda haqiqatdan ham muammo bo‘lsa, u holda rahbariyat tezroq harakat qilishi kerak. Quyida Erik ten Xag hujumiga yangi mavsum davomida foydasi tegishi mumkin bo‘lgan nomlarni bilib olasiz.

Anvar El-Gazi

Oldinroq ham El-Gazi o‘rtadagi muzokarachilar tomonidan "MYU"ga taklif qilingani haqida xabarlar bor edi. 28 yoshli sobiq "Aston Villa" vingeri o‘tgan oyda "PSV" bilan xayrlashdi. U orada "Everton" sharafini ham himoya qilgandi. El-Gazi aslida "Ayaks" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Shu sabab u Erik ten Xag uslubiga mos keladi.

Alexandro Gomes

"MYU" yosh katta futbolchilarni sotib olishdan hech ham uyalmaydi. Yaqin o‘tmishdagi 34 yoshli Ibragimovich, 33 yoshli Kavani va 36 yoshli Ronaldular transferi, bunga isbotdir. Agarda kerak bo‘lsa, argentinalik Papu Gomes ten Xagga yordam berishga tayyor bo‘ladi. 35 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum oxirida "Sevilya" bilan xayrlashgandi. Argentina terma jamoasi a’zosi "Atalanta"da 7 yil davomida harakat qilgan. U Yevropa ligasi yarim finalida "MYU"ga qarshi maydonga tushgandi.

Andre Ayyu

Ayyu o‘zining APLdagi so‘nggi golini 2017 yilning Rojdestvosida urgan. Shundan keyin u "Vest Xem", "Suonsi" va "Nottingem"da bir muddat harakat qildi. Ammo gol ura olmadi. 33 yoshli vinger APLda yaxshi tajribaga ega. U Qatarda ham o‘ynab keldi. Shu sabab, hech bo‘lmasa bir mavsum uchun Ayyudan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Jessi Lingard

G‘alati voqealar ko‘p sodir bo‘ladi. Lingard hozir "Vest Xem" bilan. Ammo u ikki mavsum ilgari aynan "bolg‘achilar" safida APLning eng yaxshi futbolchisiga aylangan edi. Albatta bu davr ijara asosida kechgan. Keyin esa u "MYU" bilan qoldi. Bir mavsum hech narsaga erisha olmagach, 30 yoshli futbolchi "Nottingem"ga erkin agent bo‘lib ketdi. O‘tgan mavsumni omadsiz o‘tkazgan Lingard, hali ham erkin agent maqomida. "MYU" esa o‘zi tarbiyalagan futbolchiga ehtirom ko‘rsatish imkoniga ega. Balki ikkinchi davrda Lingardning ishlari yurishib ketar...

Eden Azar

"Real" 2019 yilda "Chelsi"dan rekord darajadagi summaga Azarni xarid qilgan (150 million yevro). Ammo belgiyalik futbolchi 4 yil davomida "qirollik klubi" byudjetiga faqatgina og‘ir yuk bo‘ldi. U 76 ta o‘yinda 7 ta gol bilan "Real"dan ketdi. Azar may oyida yana bir mavsum Madridda qolishni istashini bildirgandi. Ammo unga imkoniyat berilmadi. 32 yoshli hujumchi o‘yin amaliyotisiz qoldi. Faoliyatini yakunlash xavfi ostida turgan Azarga "MYU" yana bir umid berishi mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 09:57, 14.09.2023.
O'qildi: 5704 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.