“Napoli” himoyachisi Jovanni di Lorenso avgust oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda neapoliklar klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy mavsumda 30 yoshli italiyalik futbolchi A seriyaning uchta o‘yinida qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Uch turdan keyin “Napoli” 6 ochko bilan Italiya chempionatida oltinchi o‘rinda bormoqda.