Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

UEFA "PSJ"ning uchta transferini tekshirmoqda

UEFA "PSJ"ning uchta transferini tekshirmoqda

Baho:
+ | -

“PSJ” yozgi transferlar oynasida Qatar klublariga 3 nafar futbolchi – Marko Verratti, Yulian Draksler va Abdu Dialloni sotib yubordi. Parijliklar uchun kelishuvlar foydali bo‘lib chiqdi, Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Liga 1 giganti bu futbolchilar uchun Qatar klublaridan 69 million yevro olgan.

Shu bilan birga, UEFA ushbu uchta transfer bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqchi. Agar "PSJ" egalari "Al Ahli" va "Al Arabi" egalariga "juda yaqin" ekanliklari aniqlansa, UEFA Parij klubiga ushbu bitimlardan tushgan mablag‘ni o‘z hisoblariga kiritishga ruxsat bermasligi mumkin.

Aytish joizki, Qatar klublarining egalari bilan potensial yaqinlik "PSJ"ga moliyaviy feyr-pley pozisiyasini yaxshilash maqsadida oshirilgan narxlarda transferlarni amalga oshirish imkonini berishi mumkin.

Xabaringiz bor, "PSJ"ning xo‘jayinlari qatarliklardir.

Kiritildi: 16:12, 19.09.2023.
O'qildi: 1586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик