“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa ligasida “Sherif” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) yarim himoyachi Renatu Sansheshning yangi jarohati haqida gapirdi.
"Uning nima uchun doimo jarohatlanganini tushunish qiyin. "Bavariya, "PSJ"... va endi biz ham tushunolmayapmiz - u yakshanba kuni 45 daqiqa o‘ynadi, uch kun dam oldi, keyin esa 27-daqiqada jarohat oldi", - deya Mourinyo so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.