"Yuventus" bu kurashga qo‘shildi. Xabarlarga ko‘ra, "Nitsa" yarim himoyachisi Kefrem Tyuram Turin klubi radariga tushgan. 22 yoshli futbolchi yozda o‘z jamoasida qolgan edi.
U uchun "PSJ", "Bavariya" hamda "Liverpul" ham da’vogar sanaladi. Ayni damda Tyuram 50 million funtga baholanmoqda.