Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Mikel Artetaning "vaxshiy" ishlari: ispaniyalik mutaxassis yillar davomida muxlislar sevgan nomlarni jamoadan yo‘qotib kelmoqda. Ramsdeyl keyingisi bo‘ladimi?

Mikel Artetaning "vaxshiy" ishlari: ispaniyalik mutaxassis yillar davomida muxlislar sevgan nomlarni jamoadan yo‘qotib kelmoqda. Ramsdeyl keyingisi bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

Mikel Artetaning ayrim pallalarda qiladigan zolimligi, "Arsenal"ning foydasiga xizmat qiladi. Aynan shu sababli bir yil ichida bu jamoa o‘rtamiyona klub darajasidan chempionlik uchun da’vogar jamoaga aylandi. Shunday ekan, muxlislar Aaron Ramsdeyl borasida e’tiroz bildirishdan to‘xtatishi kerak. So‘nggi ikki o‘yinga David Rayyaning tanlab olinishi, ko‘plab salbiy fikrlarga sabab bo‘lgandi. Ba’zilar bu qarorni adolatsiz, o‘ylanmay qilingan va hurmatsizlik deb ham baholadi. Aslida esa bunday emas. Bu voqea Aaron Ramsdeylga dunyoning eng katta klublaridan birida ekani va bu yerda o‘z o‘rni uchun kurashishi kerakligini ko‘rsatib berdi. Bu qarorni qabul qilish Mikel Artetaga ham oson bo‘lmagan. Bu borada unung o‘zi shunday deydi:

"Men har bir zaxiradagi futbolchi uchun qayg‘uraman va azob chekaman. Ammo bu ham bir musobaqa. Bu yerda ham kurash kechadi. Jamoa uchun foydali qarorlarni qabul qilish esa mening ishimdir. Asosiy tarkibni e’lon qilishdan oldin, unga kirmagan futbolchilarni ko‘rish menga ham oson emas".

To‘g‘ri, Artetaning qarori yoqimsiz tuyuladi. Ammo dunyoda hech bir muvaffaqiyatli murabbiy yo‘qki, futbolchilarning ko‘ngliga qarab qaror qabul qilgan bӯlsin. Shu kabi, Arteta ham bu borada o‘z hukmini o‘tkazmoqda. So‘nggi yillar u sovuqqon qarorlari bilan jamoani yaxshilay oldi. Bu jarayon Mikel Artetaning sobiq jamoadoshi va do‘sti, Mesut O‘zilni asosiy tarkibdan chiqarib tashlash bilan boshlangandi. 2020 yilning oxirlariga borib, O‘zil qaydnomalarga ham kiritilmay qo‘ydi. U asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazish huquqidan mahrum etilgandi. Nemis futbolchisining shartnomasi bekor qilinishi keng futbol ommasida salbiy fikr uyg‘otib, Artetaning murabbiylik qobiliyatini so‘roq ostiga qo‘ya boshladi. Shunday holatda ham, u sobit turdi va O‘zil o‘rniga boshqa yulduzlarni keltirdi.

Mesut O‘zil Arteta "vaxshiy"ligidan aziyat chekkan yagona futbolchi emasdi. Jamoaning sobiq hujumchilari Aleksander Lyakazett va Pyer-Emerik Obameyanglar ham o‘z vaqtida asosiy tarkibdan "chopilgan". Bir paytlar muxlislar yoqimtoyi bo‘lgan bu ikki futbolchi "Arsenal" bilan yaxshi alfozda xayrlashmadi: Lyakazett erkin agent sifatida ketdi, Obameyangning bitimi esa muddatidan oldin tugatildi. Negaki, har ikki yulduz Arteta qo‘ygan standartlarga javob bera olmasdi. "Arsenal"ning 2019 yildagi rekord xaridi bo‘lgan Pepe ham yaqindagina erkin agent sifatida jamoadan tark etdi.
Hattoki, hech qanday xato qilmagan Kiran Tirni Artetaning chempionlik yo‘lidagi harakatlari sababli qurbon qilindi. Mikel Arteta, avvalo, Tirnini Timber va Zinchenko kelishidan ogohlantirgan. Keyin esa "Real Sosyedad"ga ijaraga yuborgan. Talantli, ammo beqaror bo‘lgan Matteo Genduzi va mehnatkash Lukas Torreyralar ham Arteta talablariga javob bera olmagani uchun, jamoadan ketganini eslab o‘tish darkor.

Mikel Artetaning tozalash ishlari qanchalik beshavfqat bo‘lmasin, u o‘zining foydasini bermay qolmadi. Ketkizilgan futbolchilar o‘rnida mutlaqo yangi yulduzlar – Edegor, Saka, Saliba va boshqalar paydo bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis faqat maydondagina bu ishlarni qilgani yo‘q. U futbolchilarning taomlanish paytini ham kuzatib, u yerdagi alohida ajralishlarga yo‘l qo‘ymay kelmoqda. Xususan, futbolchilar tushlik vaqtida o‘zi istagan stolda atrofida o‘tira olmaydi. Ular murabbiylar shtabi va akademiya tarbiyalanuvchilari, har safar har xil sheriklar bilan birga ovqatlanadi. Bu narsalarning hammasi birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlardir. Ushbu ishlar o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli natijalar kalitiga aylandi. Shunday ekan, muxlislar Ramsdeylga nohaqlik qilindi deb bilmasliklari lozim. Negaki, Rayyaga ham o‘yin vaqti kerak. Agarda Ramsdeyl jarohat oladigan bo‘lsa, muhim o‘yinlarda Rayyaga tajriba kerak bo‘ladi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham natijalar uchun murabbiy javobgar. Shunday ekan, qanday o‘ynash va kimlardan foydalanishni ham unga qo‘yib berish lozim.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:33, 23.09.2023.
O'qildi: 3352 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.