Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 20:00 Fransiya 2-3 Argentina
04/10 21:30 Napoli - Komo
04/10 23:45 Verona - Venetsiya
05/10 00:00 Leganes - Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal

Superliga. «Metallurg» – «Andijon». Prevyu

Superliga. «Metallurg» – «Andijon». Prevyu

Baho:
+ | -

"Metallurg" “Andijon” bilan milliy chempionatlarimiz doirasida 41 marta to‘qnash kelgan. Mazkur uchrashuvlarning 17 tasida Toshkent viloyati vakillarining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 11 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. 13 ta o‘yin esa andijonlikning g‘alabasi bilan yakunlangan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 67:61, “Metallurg” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 5:1 bo‘lib, bu natija 2015 yilgi mavsumda Bekoboddagi uchrashuvda qayd etilgan. Andijonliklar esa ushbu mavsumning birinchi davrasida “Metallurg” darvozasiga javobsiz beshta to‘p yo‘lladi – 5:0.

Ushbu jamoalarning Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi oltita uchrashuvida qayd etilgan natijalar:

08.04.2021. “Metallurg” – “Andijon” – 2:0
30.09.2020. “Metallurg” – “Andijon” – 1:1
11.08.2019. “Metallurg” – “Andijon” – 0:2
10.06.2016. “Metallurg” – “Andijon” – 3:1
23.05.2015. “Metallurg” – “Andijon” – 5:1
01.06.2014. “Metallurg” – “Andijon” – 3:2

O‘yinni Firdavs Norsafarov boshqaradi
Superliganing 20-turdagi “Metallurg” – “Andijon” uchrashuvini Firdavs Norsafarov boshqarib boradi. Bosh hakamga qanotlarda Shohruh Yo‘ldoshev hamda Jasur Rustamov yordam beradi. Zahira hakami Sardor Ismatullayev.

Firdavs Norsafarov bu yil boshqargan 11 uchrashuvida 47 ta sariq, bir marta ikkinchi sariq va 4 marta qizil kartochka ko‘rsatgan. Darvozalarga 8 marta penalti belgilagan.

Coca Cola Superligasi. 20-tur
27 sentyabr, chorshanba
“METALLURG” – “ANDIJON”
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Shoxruh Yo‘ldoshev, Jasur Rustamov, Sardor Ismatullayev.
VAR hakami: Naim Qosimov
AVAR: Nikita Afinogenov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Diyor Hotamqulov

“Andijon” haqida
“Andijon” futbol klubiga 1964 yilda asos solingan. Jamoa dastavval “Spartak” nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik jamoa bu nomni yana ikki marta qaytarib olgan (1970 – 73, 1989 – 91 yillar). Ayni paytdagi nomini esa klub 1968 – 1970 yillarda ham olgan. Mazkur jamoa shuningdek, “Andijanes” (1973 – 83), “Tekstilshik” (1983 – 86), “Paxtakor” (1986 – 89), “Navro‘z” (1991 – 96) nomlari bilan ham yuritilgan. 1997 yildan to shu kungacha qadar esa yana “Andijon” nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

“Andijon” kuchlilar safida bugungacha 786 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 247 tasida g‘alaba qozongan. 172 ta o‘yinda durang o‘ynagan. 367 ta o‘yinda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 1026:1276.

Jamoaning eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 7:0 (“Shahrixonchi”, 1992 yil), eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati esa – 1:8 (“Nasaf” – 2004 yil, MHSK – 1997 yil). Jamoa laqabi – “burgutlar”.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 21:50, 26.09.2023.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.