Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Messining 9 million yevrolik koshonasi

Messining 9 million yevrolik koshonasi

Baho:
+ | -

Lionel Messi va uning turmush o‘rtog‘i Antonella Rokkusso Mayami shahrining Fort Launderdeyl mavzeyidan 8,6 million funtlik uy sotib oldi.

Argentinalik superyulduz yozda «Inter Mayami» klubiga ko‘chib o‘tgandi. 36 yoshli futbolchi Mayami shahrida hozirga qadar qiymati 15 million funtga teng ko‘chmas mulk sotib olishga ulgurdi. Messi u yerdagi uylar sonini ko‘paytirish harakatida. Yaqindagina u juda katta koshona xaridini amalga oshirdi. Sotuvchi va Messi o‘rtasidagi kelishuv o‘tgan dushanba kuni imzolangan.

Forbes bergan ma’lumotga ko‘ra, Messining yangi uyi 10500 kvadrat fut joyni egallaydi. U 8ta yotoqxona, 9ta dush, 3ta garaj va basseynni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, uyda spa, fitness zal hamda 2ta qayiq ham bor. Negaki, uy oldida suv havzasi mavjud. Eng muhimi uning joylashuvi «Inter Mayami»ning uy stadioniga juda yaqin. Messi nomidan koshona xaridini uning yaqin ishchilari bo‘lgan Samyuel va Donna Shimpkinlar amalga oshirishgan. Negaki, Messi bu paytda Argentina termasi bilan safarda edi.

Lionel Messining 3 nafar o‘g‘li bor. Endi u 35 yoshli xotini Antonella va farzandlari bilan yangi uyida istiqomat qiladi. Ushbu uyning yillik soliq to‘lovi 67 ming funtni tashkil etishi aytilgan. Ko‘chmas mulkning ichi xuddi tashqarisi kabi o‘ta ajoyib. Devorlar o‘ziga xos bezatilgan bo‘lib, ulardan biriga echkining rasmi tushirilgan. Bu esa Messining barcha davrlarning eng yaxshisi ekanini anglatadi. Xonalarga tabiiy yorug‘lik yaxshi tushadi. Ushbu xonadan joylashgan hududda bundan ikki yil oldin rekord darajada qimmat uy sotib olingan. Uni taniqli model Patrik Bet 16,31 million funtga xarid qilgan.

Janubiy Floridaning eng qimmat hududdi, endilikda kamida yana ikki yil Messi va oilasiga makon bo‘ladi. U «Inter Mayami» bilan 2025 yilga qadar bitim imzolagan. «Barselona» afsonasining maoshi yiliga 40-48 million funtni tashkil etadi. Uning ko‘chmas mulklari soni oshib bormoqda. Eng so‘ng­gisi esa, shubhasiz san’at asaridir.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 26.09.2023.
O'qildi: 4148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.