Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Xanchjou-2022. O‘zbekiston U23 terma jamoasi Indoneziyani qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Xanchjou-2022. O‘zbekiston U23 terma jamoasi Indoneziyani qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Xitoydagi Osiyo O‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston  olimpiya terma jamoasi nimchorak final bosqichi uchrashuvini o‘tkazdi. Temur Kapadze jamoasi Indoneziya ustidan qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Indoneziyaliklar birinchi bo‘limda jiddiy qarshilik ko‘rsatgan bo‘lishsa, ular ikkinchi bo‘limda to‘laligicha himoyaga "yotishdi". Shunga qaramay, jamoamiz ikkinchi bo‘limda gol urish uchun bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo yo zarbaga biroz aniqlik yetishmadi, yoki zarbalar yo‘liga himoyachilar g‘ov bo‘lishdi.

Asosiy vaqtda hisob ochilmagach, hakam jamoalarni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etdi. Aynan qo‘shimcha bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushirilgan Sherzod Esanov jamoamizni keyingi bosqichga olib chiqdi. Ekstra-taymlar boshida qanotdan yekazilgan uzatmani "Metallurg" futbolchisi darvozaga joylab qo‘ydi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisi yakunlanayotgan paytda esa Esanovning o‘zi ikkinchi to‘p raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Mazkur ikki golimiz orasida Indoneziya "standart"dan hisobni tenglashtirgandi, ammo gol urgan o‘yinchi ofsaydda deb topildi va gol bekor qilindi. Bundan tashqari, indoneziyalik futbolchi Samir Xugo ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etgani ham bizga yordam berdi.

Shu tariqa, ko‘p kuch sarflangan bahsda O‘zbekiston U23 terma jamoasi chorak finalga chiqdi. Jamoamiz bu bosqichda Saudiya Arabistoni - Hindiston juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Xanchjou-2022. Futbol. 1/8 final
O‘ZBEKISTON - INDONEZIYA - 2:0 (0:0, 0:0, 1:0, 1:0)
Gollar: Sherzod Esanov (92, 120+1)
Chetlatish: Samir Xugo (112)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:19, 28.09.2023.
O'qildi: 3116 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик