Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Temur Kapadze: «Oldimizda 2 ta o‘yin bor, oltin medal bilan qaytishni istaymiz»

Temur Kapadze: «Oldimizda 2 ta o‘yin bor, oltin medal bilan qaytishni istaymiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston erkaklar olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo O‘yinlarining chorak final bosqichi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— G‘alaba bilan tabriklayman. Muhim g‘alaba bo‘ldik. Saudiya Arabistonining kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘rgangan holda uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Yigitlar iroda ko‘rsatdi. O‘tgan bahsda og‘ir o‘yinda ko‘p kuch sarflagandik. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, g‘alabaga erishdik. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Terma jamoamiz 1994 yildan beri ilk marta yarim finalga chiqdi. Umid qilaman, bu bilan to‘xtab qolmaysizlar. Bugun ikki xil taym guvohiga aylandik. Ikkinchi bo‘limda futbolchilar hisobni ushlab qolish uchun o‘ynagandek tasavvur uyg‘otdi. Ularga tanaffusda qanday ko‘rsatma bergan edingiz?
— Muxlislar hamisha duoda bo‘lishadi. Buning uchun rahmat. Bu bosqichga yetib kelish bizga nasib etgan edik. 29 yil avval bo‘lganidek bu yerdan chempionlik bilan qaytishni maqsad qilganmiz. Yana ikkita o‘yinimiz bor.

Birinchi bo‘limda deyarli imkoniyat bermadik. Ikkinchi bo‘limda ham hisob go‘yoki 0:0 paytidagidek o‘ynashni yigitlarga ta’kidlagandim. Shunga qaramay, ayni paytda kuchimiz qanchaga yetishini bilardik. Shuning uchun ikkinchi taymda imkoniyatimizni kutib o‘ynadik. Gol o‘tkazib yuborganimiz tufayli o‘yin oxirigacha stressda o‘ynashga majbur bo‘ldik. Xudoga shukur, yutdik. Bugun yigitlarning ruhiyati a’lo darajada edi.

— Saudiya Arabistoni - Hindiston o‘yinini stadiondan kuzatdik, ular ishtirokidagi o‘yinlarning videoyozuvlarini tomosha qildik. Bugun ham Janubiy Koreya - Xitoy o‘yinini ham kuzatamiz. Bu bahsda mezbon jamoaga omad tilayman. Bu o‘yinda kuchli jamoa g‘alaba qozonadi.

Biz har bir o‘yindan keyin tiklanish uchun muammosiga duch kelyapmiz. Bunga o‘rganib qoldik, bizda immunitet hosil bo‘ldi. Taom borasida ham kamchiliklar bor. Shu paytgacha amallab kelyapmiz. Bundan keyin ham amallashda davom etamiz.

Bundan tashqari, bizda futbolchilarning diskvafikasiyalari bilan bog‘liq muammolar bor edi. Bugun maydonga tusha olmagan ikki futbolchi yarim finalda maydonga qaytadi. Ammo Hojimat keyingi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi. U guruh bosqichida qizil kartochka olgani uchun 3 ta o‘yinga chetlatilgan.

Chorak finaldan keyin ogohlantirish bekor bo‘ladi va diskvalifikasiya qilingan o‘yinchilar safga qaytadi. Hojimat Erkinov finalda o‘ynashi uchun yarim finalda g‘alaba qozonishimiz kerak.

— Keyingi ehtimoliy raqiblaringiz — Janubiy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilaman dedingiz. Ularni qay darajada yaxshi bilasiz?
— Ozmi-ko‘pmi bilaman. Ikkisi ham kuchli jamoa. Har ikkisi chemiponlik uchun kurashmoqda. Ularni o‘rganib chiqamiz. Oldimizda vaqt bor. Ikki jamoaga ham omad tilayman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:51, 01.10.2023.
O'qildi: 5185 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик