Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

«Nasaf» OCHLda ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

«Nasaf» OCHLda ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichini safardagi g‘alaba bilan boshlagan "Nasaf" bugun o‘z maydonida Qatarning nomdor jamoalaridan biri "As-Sadd"ni qabul qildi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari mazkur o‘yinda yuqori pressingga asoslangan hujumkor o‘yin namoyish etib berishdi.

Bu uslub esa o‘z samarasini berdi. Bahsning 29-daqiqasida qanotdan uzatma berilgan to‘p himoyachining bosh orqali jarima maydoni ichida turgan Nurulloyevga kelib tushdi. Suhrob to‘pni to‘xtatdi va 12 metrlardan aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasi qarshiliklar uchun omadli keldi. Siddiqovning chiroyli uzamasidan keyin Omonov qulay vaziyatga chiqib bordi va yo‘l-yo‘lakay bir himoyachini aldab o‘tib, olis burchak tomon zarba berdi. To‘p esa ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi — 2:0.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Azizbek Omonov o‘zining ikkinchi, jamoasining uchinchi to‘pini kiritdi. Bozorovning aniq pasidan keyin hujumchi yana darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi hamda "parashyut" uslubida darvozani ishg‘ol qildi — 3:0.

Qatarliklar o‘yin so‘ngida bitta javob to‘pini kiritishdi. Gol muallifi — Bualim Xuxiy.

"Nasaf" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 6 taga yetkazib oldi. BAAning "Sharja" klubi bugun o‘z maydonida "Al-Faysaliy"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va ochkolarini 4 taga yetkazdi. "Sharja" 23 oktyabr kuni o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi.

OCHL. "B" guruhi, 2-tur
"NASAF" - "AS-SADD" - 3:1 (1:0)
Gollar: Suhrob Nurullayev (29), Azizbek Omonov (47, 58) — Bualim Xuxiy (84)
Ogohlantirishlar: Suhrob Nurulloyev (42), G‘olib G‘aybullayev (50), Javohir Sidiqov (60), Gonsalo Ximenes Plata (60).
Chetlatish: Akram Afif (87)
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Sidiqov (70. Jambuli Jigauri, 66), 17. Suhrob Nurulloyev, 28. Shuhrat Muhammadiyev (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (18. Bahrom Abdurahimov, 71), 92. Umarbek Eshmurodov, 99. Azizbek Amonov.
“As-Sadd”: 22. Meshaal Barsham, 5. Tariq Salmon, 6. Paulo Silva Otavio, 7. Muhammad Vaad, 9. Yusuf Abdurisag (11. Bag‘dod Buneja, 46), 10. Hasan Al Haydos (8. Ali Asad, 61), 15. Bulayim Huhi, 19. Gonsalo Ximenes Plata, 51. Akrom Afif, 70. Musaab Xidir (55. Amin Hazbavi, 46), 88. Andres Vilya Mateus.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:06, 02.10.2023.
O'qildi: 2405 marta.
Fikrlar: 87 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.