"Napoli" bosh murabbiyi Rudi Garsiya Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida "Real"dan uchralgan mag‘lubiyat (2:3) haqida fikr bildirdi.
“Biz yaxshi o‘ynadik, ammo natijadan hafsalamiz pir bo‘ldi. Bu futbol - gol urish kerak. Biz o‘sishimiz kerak, muayyan daqiqalarda yanada mustahkamroq o‘ynashimiz, to‘pni ko‘proq nazorat qilishimiz va tajovuzkor harakat qilishimiz kerak", - deya Garsiyaning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.