Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘zgarayotgan «Liverpul»

O‘zgarayotgan «Liverpul»

Baho:
+ | -

Yozda «Liverpul» jiddiy o‘zgardi va omadsiz o‘tgan mavsumdan so‘ng o‘ziga kela boshladi. Quyida Yurgen Klopp jamoasini qayta qurish natijalarini baholaymiz.

O‘rta chiziqni yangilash natija beradi

Yozda «Liverpul» o‘zining yarim himoyasini kuchaytirishga e’tibor qaratdi. Klub bir vaqtning o‘zida bir nechta ijrochilarga pul sarflashni afzal ko‘rib, Jud Bellingem bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi. Garchi ingliz futbolchisi hozir «Real»da kuchli futbolni ko‘rsatayotgan bo‘lsada, «Liverpul» bu qaroridan juda ham xafa bo‘lmasa kerak, chunki ularning yangi kelganlar futbolchilari ham yaxshi ko‘rinadi. Eslatib o‘tamiz, «Enfild»ga Dominik Soboslai, Aleksis Makallister, Rayan Gravenberx va Vataru Endo ko‘chib o‘tgan. Yarim himoyachilar Fabinyo, Jordan Xenderson, Nabi Keyta, Jeyms Milner, Aleksis Oksleyd-CHemberlen va hujumchi Roberto Firmino jamoani tark etishdi.

Soboslai va Makallister jamoaga juda mos tushdi va yarim himoyani ijobiy ma’noda o‘zgartirdi. «Liverpul» yana harakatchan tempga tushgan, bu esa Klopp shogirdlarini odatdagi ritmlariga qaytaradi. Bu qisman «Liverpul» hujumining gullab-yashnaganini tushuntirishi mumkin. Mersisaydliklarning hujumi shiddatli va o‘yinchilar ketma-ket gol urishmoqda, jumladan Darvin Nunyes ham o‘z mahoratini namoyish qila boshladi. Lekin gap shundaki, jamoaning o‘rta chizig‘i hujumchilarga erkin harakatlanish imkonini beradi.

To‘g‘risi, tayanch zonasidagi yarim himoya muammosi haligacha hal etilmagan. Endo hali ham munosib darajada futbol ko‘rsatmayapti, yana mersisaydliklarga bu pozisiyada ijrochi kerakligi haqida gap ketmoqda.

«Liverpul» o‘z xarakterini tikladi

O‘tgan mavsum yomon o‘tdi va «Liverpul» futbolchilarida motivasiya bilan bog‘liq muammolar bordek tuyuldi. Kimdir buni jamoaning avvalroq Chempionlar Ligasi va Premyer-ligadagi g‘alabalarni hal qiluvchi pallada qo‘ldan boy bergani bilan bog‘ladi. Ayrimlarga futbolchilar endi Klopp bosimiga dosh berolmaydigandek tuyuldi.

Biroq bu mavsumda mersisaydliklar yana psixologik nuqtayi nazardan kuchli ko‘rinmoqda. «Liverpul» allaqachon ikkita o‘yinda g‘alaba qozongan va ularni maydonda kamchilik bo‘lib ham uddaladi. Avvaliga ular «Bornmut»ni mag‘lub etishdi. Jamoasi 2:1 hisobida ortda borayotgan bir paytda Makallister 58-daqiqada qizil kartochka oldi. Qolgan vaqtlarda «Liverpul» yana gol urdi. «Nyukasl» bilan o‘yinda van Deyk o‘z jamoasini 28-daqiqada og‘ir ahvolga tushirib ketdi. O‘shanda hisob 0:1 edi. Ammo o‘yinning eng so‘ngida «Liverpul» ikki bor to‘p kiritib, g‘alabani tortib oldi.

Himoya chempionlikka ishonchni so‘ndiradi

Umuman olganda, «Liverpul» to‘g‘ri yo‘lda ketayotgandek ko‘rinsada, jamoaning katta muammosi - bu himoyada. Sakkizta boshlang‘ich turda mersisaydliklar faqat bir marta o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishdi va bu qandaydir statistik anomaliyaga o‘xshamaydi, balki tabiiy natijadir. Bu, ayniqsa, «Brayton» bilan o‘yinda yaqqol ko‘zga tashlandi, bunda mersisaydliklar shunchaki ikkala golni ham o‘zlari uchun «olib keldilar», bu esa ochko yo‘qotishiga sabab bo‘ldi.

Ochig‘i, himoya chizig‘ini ijrochilar nuqtayi nazaridan yangilash vaqti keldi. So‘nggi yillarda «Liverpul» o‘ziga xos jamoa bo‘lib qolgandi, Van Deyk timsolida bitta top himoyachi yaqin atrofdagi sheriklarining darajasidan qat’i nazar, himoya markazini mustahkamladi. Biroq, gollandiyalik jiddiy muvaffaqiyatsizlikka uchradi va endi boshqalarning muammolari tobora aniq ko‘rinib bormoqda. Konate o‘sib bormoqda, ammo mersisaydliklar hali ham bu sohada yangi ijrochiga muhtoj. Bu muammolar hal etilmagunicha, jamoa chempionlikka umid bog‘lamaydi.

Kiritildi: 15:18, 12.10.2023.
O'qildi: 4030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.