Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Polo bo‘yicha mamlakat birinchiligida kuchlilar aniqlandi

Polo bo‘yicha mamlakat birinchiligida kuchlilar aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Toshkentdagi «Universal Horses Stables» ot sporti majmuasida polo bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi.

Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 8 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Qizg‘in bahslar yakunida poytaxt jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Jizzax viloyatiga nasib etgan bo‘lsa, Toshkent viloyati jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Musobaqa davomida har bir o‘yin qiziqarli kurashlarga boy o‘tdi. Garchi shohsupaga ko‘tarila olmagan bo‘lsa ham, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan polochilar o‘zlarining g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ajralib turishdi.

O‘zbekiston polo feferasiyasi nisbatan yosh. Dastlabki yillar mamlakat chempionatida 3-4 ta jamoa qatnashgan bo‘lsa, bugunga kelib ishtirokchilar geografiyasi kengaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, polo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sportchilarning o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatish uchun ayni muddao bo‘ldi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:15, 15.10.2023.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик