Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Dastxat bahosi – 100 funt!

Dastxat bahosi – 100 funt!

Baho:
+ | -

«Chelsi» afsonasi Jon Terri biznesning yangicha variantini topgan ko‘rinadi.

«Aristokratlar»ning sobiq sardori shunchaki, o‘z fanatlari bilan uchrashuvlar tashkil etish yo‘lidan bormoqda. Faqat Terri bilan ko‘rishishni istaganlar bunday uchrashuvlarga pul to‘lab kirishadi. Qolaversa, afsonadan dastxat olish 100 funtga, birga ovqatlanish esa 150 funtga tushadi. Xullas, pullik ixcham kechki ovqat... Ajo­yibmi?

The Telegraph nashrida yozilishicha, sobiq himoyachining muxlislar bilan ilk «biznes» uchrashuvlari ortda qoldi. Birinchisi mo‘’jazgina Beysingstokda tashkil etildi. Jon Terri shundan so‘ng Birmingemga bordi katta ishtiyoq bilan. Demak, ushbu ajib loyiha chakki samara bermaganini taxmin qilish mumkin. Umuman, tashkilotchilar 4ta uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirishgan. Unga ko‘ra, Terri oktyabr oyida Bornmutda muxlislar qarshisiga chiqishi kerak. Hisob bo‘yicha to‘rtinchi uchrashuv esa noyabr oyiga belgilangan. O‘ziga xos finalning manzili - London.

Ayrim tafsilotlarga to‘xtalsak, Birmingemdagi uchrashuvga kirish chiptasining minimal bahosi 25 funt sterling­ni tashkil etdi. Shuningdek, qo‘shimcha xizmatlar tarifi ham bor edi: yig‘ilganlar Terridan bitta dastxat olish uchun 100 funt to‘lashdi. 150 funt sterling to‘lagan fanatga esa oldingi qatordan joy olish, sobiq futbolchi bilan birga ovqatlanish va suratga tushish imkoniyati taqdim etildi. Yana bahosi 5 ming funt sterling­ga teng prium-paket sotuvga chiqarildi. Bu Terri bilan birga 10 kishilik kechki ov­qat, 10ta dastxat va fotosuratga tushish huquqini o‘z ichiga oldi. Ta’kidlanishicha, tadbir mehmonlaridan dast­xat qo‘ydirish uchun o‘zlari bilan biror buyum olib kelish so‘raldi. Qo‘shimcha qilinishicha, Londondagi uchrashuvda kirish chiptasi bahosi biroz oshiriladi - 30 funt sterling. Shuningdek, 110 funt sterling evaziga «oltin to‘plam» xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Umuman, Jon Terri ishtirokidagi bunday uchrashuvlar Knock Out Memorabilia & Events guruhi tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Tadbirlardan tushgan mablag‘ qanday taqsimlanishi yoki qayerga yo‘naltirilishi haqida ma’lumot aniq yo‘q.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:24, 17.10.2023.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.