Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Superliga. «Metallurg» – «Buxoro», prevyu

Superliga. «Metallurg» – «Buxoro», prevyu

Baho:
+ | -

Superliga 22-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi uy uchrashuvini Olmaliq shahrida “Buxoro”ga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jamoalar bugunga qadar kuchlilar safida 47 marta to‘qnash kelishgan. Uchrashuvlarning 21 tasida “Metallurg”, 19 tasida “Buxoro” g‘alaba qozongan. 7 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi bekobodliklar foydasiga – 63:60. O‘zaro o‘yinlarda “Metallurg”ning eng yirik g‘alabasi – 3:0, 4:1, “Buxoro”ning eng yirik g‘alabasi esa 4:0 ni tashkil etadi.

Mazkur jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlarida “Metallurg” to‘liq ustunlikka ega bo‘lib kelmoqda. Mezbonlar 23 ta uchrashuvning 18 tasida zafar quchgan, 2 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan, 3 bor esa mehmonlar g‘alaba nashidasini surgan.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi:

23.10.2020 «Metallurg» - «Buxoro» 0:0
29.03.2019 «Metallurg» - «Buxoro» 2:0
30.10.2018 «Metallurg» - «Buxoro» 1:0
29.04.2018 «Metallurg» - «Buxoro» 2:1
29.04.2017 «Metallurg» - «Buxoro» 1:2

“Buxoro” haqida

“Buxoro” futbol klubiga 1960 yilda asos solingan. Shu yillar mobaynida mazkur klub “Fakel”,  “Buxoro”,  “Nurafshon” nomlari bilan musobaqalarda qatnashdi.

Klubning milliy chempionatlarimizdagi eng yaxshi natijasi 1994 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “Buxoro” mamlakat vise-chempioni bo‘lgandi.  Jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi bu Yuriy Ageev, bitta mavsumda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi esa Olim Tillayev (1994 yil, 19 ta gol).

“Buxoro”ning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik hisobdaga g‘alabasi – 8:1 (1993 yil – “Shifokor”), 7:0 (1995 yil – “Politotdel”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 0:8 (2005 yil – “Paxtakor”).

“Buxoro” jamoasi kuchlilar safida bugungacha jami 848 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shulardan 323 tasini o‘z foydasiga hal etgan, 150 o‘yinda durang natija qayd etilgan, 375 uchrashuvda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 1120:1292.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:08, 19.10.2023.
O'qildi: 951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.