Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

OCHL. «Navbahor» «Nassajiy» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

OCHL. «Navbahor» «Nassajiy» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+1 | -

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida «Navbahor» 23 oktyabr, dushanba kuni o‘z maydonida Eronning «Nassajiy Mozandaron» klubini qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida kechdi, ammo taym so‘ngida namanganlik himoyachilarning qo‘pol xatosi natijasida Ozodiy darvozabonimiz bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar himoyachisi Sobir Hardaniy yarim himoyachimiz Jamshid Boltaboyevning oyog‘iga tik oyoq bilan tashlangani uchun maydondan chetlatildi. Shundan keyin ustunlik "Navbahor" tomoniga o‘tdi. O‘runovning tushirilishi esa jamoa o‘yinini yanada kuchaytirdi.

Babayan shogirdlarining urinishlari nihoyat 74-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. O‘runov Iskanderov bilan "devor" o‘ynab raqib jarima maydoniga kirib bordi hamda himoyachilar qurvoshida bo‘lishiga qarab darvoza burchagiga aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limga hakam naq 11 daqiqa qo‘shib berdi. "Navbahor" esa ana o‘sha daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Yana o‘sha O‘runov jamoadoshi Iskanderov bilan pas o‘ynagan holda chap qanotdan jarima maydoniga kirdi. Oston orqaroqqa uzatma berayotganida to‘p eronlik himoyachining oyog‘iga tekkancha darvozaga kirib ketdi — 2:1.

"Navbahor" guruhdagi asosiy raqiblaridan biri ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va o‘z ochkolarini 7 taga yetkazgancha keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi.

OCHL. "D" guruhi, 3-tur
"NAVBAHOR" - "NASSAJIY MOZANDARON" - 2:1 (0:1)
Gollar: Oston O‘runov (74), Mehrdod Abdihangoh (90+7-avtogol) — Rizo Ozodiy (44)
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Azimjon Ahmedov (7. Oston O‘runov, 46), 5. Milosh Milovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abror Ismoilov, 19. Doniyor Abdumannopov (77. Asadbek Sobirjonov, 62), 21. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 22. Igor Golban.
“Nassajiy Mozandaron”: 1. Rashid Mazaheriy, 3. Vohid Muhammadzoda, 4. Amirmahdi Janmalekiy, 5. Said Beigiy, 8. Farshid Ismoilyi (14. Ali Davron, 65), 9. Muhammadrizo Ozodiy, 11. Mahmud Haydarahmati (6. Mehrdod Abdihanan, 24), 32. Sobir Hardaniy, 77. Muhammad Husseyniy, 88. Ismoil Boboyi (20. Ahmad Musavyi, 65), 96. Muhammadrizo Abbosi (22. Xose Antonio Vilyar, 82).
Ogohlantirishlar: Azimjon Ahmedov (7), Igor Golban (27), Muhammadrizo Azadi (87).
Chetlatish: Sobir Hardaniy (52).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:23, 23.10.2023.
O'qildi: 2732 marta.
Fikrlar: 52 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.