Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zelinski kelajak haqida gapirdi

Zelinski kelajak haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Napoli" yarim himoyachisi Piotr Zelinski kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

29 yoshli futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Ma’lumki, klub shartnomani uzaytirishdan manfaatdor, ammo mish-mishlarga ko‘ra, "Yuventus" ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

“Men yetti yildan beri shu yerdaman va har doim klub uchun bor kuchimni ishga solishga harakat qilaman. Mavsumni qanday boshlaganimdan mamnunman, lekin bundan ham ko‘proq yutuqlarga erishishga harakat qilaman.

Mening kelajagim? Agent shunday qiladi, diqqatimni boshqa narsaga qaratganman. Men bu yerda anchadan beriman, o‘zimni “Napoli” yetakchisidek his qilaman. Klub prezidenti va futbolchilar o‘rtasidagi yaqinda bo‘lib o‘tgan suhbat o‘rtamizda qoladi, ammo bu ijobiy o‘tdi deb ayta olaman", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi TMW.

Kiritildi: 05:01, 24.10.2023.
O'qildi: 554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик