Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» prezidenti Falastinni qo‘llab-quvvatlagan Mazraui va isroillik Peres suhbatlashganini tasdiqladi

«Bavariya» prezidenti Falastinni qo‘llab-quvvatlagan Mazraui va isroillik Peres suhbatlashganini tasdiqladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» prezidenti Nussair Mazraui va Daniel Peres so‘zlashganini tasdiqladi.

Avvalroq Gerbert Xayner Falastinni qo‘llab-quvvatlagan Mazraui va isroillik Peres o‘rtasida uchrashuv tashkil qilgani xabar qilingandi.

«Bu yaxshi, ochiq suhbat bo‘ldi. Biz birga o‘tirdik, Dani va Nussair birga suhbatlashdi. Bu muhim signal. Biroq, biz klub sifatida to‘g‘ri qaror qabul qilishimiz kerak, bu boshqa takrorlanmasligi kerak», - dedi Xayner.

Eslatib o‘tamiz, Myunxenning «Bavariya» klubi va Marokash terma jamoasi himoyachisi Isroil bilan bo‘lgan mojaroda Falastinni qo‘llab-quvvatlab, duo tarzida shunday deyilgan videoni e’lon qildi: «Xudo, Falastindagi mazlum birodarlarimizga g‘alaba qozonishda yordam bering. O‘lganlarga xudo rahmat qilsin, yaradorlariga shifo bersin».

Ommaviy axborot vositalarida tanqidga uchraganidan so‘ng, u o‘z pozisiyasini quyidagicha izohladi: «Minglab begunoh odamlar o‘lmoqda. Men har doim terrorizm, nafrat va zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi chiqaman – nega odamlar men haqimda boshqacha fikrda ekanligini tushunmayman».

«Bavariya» Mazraui bilan u klubga qaytganidan so‘ng gaplashdi va keyin uni diskvalifikasiya qilmasliklarini e’lon qildi.

Kiritildi: 14:54, 28.10.2023.
O'qildi: 1541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.