Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

O‘g‘irlangan “Oltin to‘p”lar

O‘g‘irlangan “Oltin to‘p”lar

Baho:
+ | -

“Oltin to‘p” tarixi u yoki bu yil ichida boshqalardan ko‘ra ko‘proq loyiq bo‘lgan futbolchi mukofotni olmagani haqida bahslarga to‘la. Albatta, ko‘pincha tanlov mantig‘i ko‘proq yoki kamroq aniq bo‘lgan yillar bor va hech qanday katta tortishuvlar yuzaga kelmaydi. Mukofotlardan so‘ng g‘oliblarni tanlaganlarga nisbatan ko‘p tanqidlar bo‘lganida, bahsli misollar ham bor.

Oxir-oqibat, "Oltin to‘p" bunday bahslarga mahkum, chunki u ob’ektiv ko‘rsatkichlarga emas, balki tanlovga, tirik odamlarning afzalliklariga asoslanadi: raqamlar, gollar, sovrinlar. FourFourTwo.com nashri futbol jamoatchiligi fikriga ko‘ra, "Oltin to‘p" g‘olibi bo‘lgan futbolchilardan qaysilari o‘sha mavsumda mukofotga noloyiq ekanliklarini bilib olishdi. Keling, muxlislar fikri qanday bo‘lganini ko‘rib chiqamiz.

2001 yil. Maykl Ouen emas Oliver Kan yoki Raul

Qayd etish kerakki, Ouenning “Oltin to‘p”i ko‘pchilikning ustidan kulib yuborgan qaror edi. Angliyalik yosh hujumchi o‘sha mavsumda Chempionlar ligasida ham o‘ynamadi, chempionlikni qo‘lga kirita olmadi va bor yo‘g‘i 16 ta gol urdi. U "Liverpul"ning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Lekin buning uchun shunday mukofot berish to‘g‘rimi? Ha, o‘sha yili zaif raqobat bor edi, hech kim o‘zini yaqqol ko‘rsatmadi. Biroq, biz bilamizki, “Oltin to‘p” ba’zida mehnatga qarab baholanadi. O‘sha yili Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan Raul yoki Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Kan bu sovringa da’vogarlik qilishi mumkin edi.

2003 va 2004 yillar Nedved va Shevchenko emas Anri

Anri 2006 yilda Chempionlar ligasi va jahon chempionati finallarida mag‘lub bo‘lgandi. Agar bu ikki o‘yin boshqacha kechganida, ehtimol u “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lardi. Aslida bunday futbolchining mukofotni avvalroq olmagani juda g‘alati. Anri 2003 va 2004 yillarda o‘zining eng yaxshi imkoniyatlariga ega bo‘lgan, o‘shanda u "Arsenal" bilan shou ko‘rsatgan va o‘zining shaxsiy statistikasi bilan rekordlarni yangilagan haqiqiy superyulduz edi. Ammo har ikki holatda ham mukofotlar A Seriya yulduzlariga nasib etdi.

2006 yil. Kannavaro emas Buffon

Kannavaro mukofot bilan taqdirlandi. U himoya yetakchisi edi, keyin esa “Real”ga o‘tdi bu uni asosiy nomzodga aylantirdi. Ammo Buffon terma jamoadagi ajoyib o‘yiniga qaramay, "Yuventus"da qoldi va u bilan birga quyi ligaga yo‘l oldi. Bu esa ikkinchi darajali liga futbolchi uchun “Oltin to‘p”ni tanlashni sof psixologik jihatdan qiyinlashtirdi.

2010 yil. Messi emas Sneyder

Odamlar hali ham Sneyderning afsonaviy o‘yin ko‘rsatgan mavsumi haqida gapirishadi. Agar Kasilyasning jahon chempionati finalidagi o‘yini bo‘lmaganida, UYEsli yilni to‘rtta sovrin bilan yakunlagan bo‘lardi. Sneyder Joze Mourinyo qo‘l ostida treblga erishgan "Inter" dahosi, shuningdek, Niderlandiya terma jamoasining yetakchisi edi. 2010 yilda Messiga berilgan mukofot esa hali ham ba’zi futbol muxlislarini hayratga solib keladi.

2013 yil. Ronaldu emas Riberi

O‘sha mavsum "Bavariya"ning yili bo‘ldi. Va u yerda Riberidan yorqinroq hech kim yo‘q edi. "Bavariya" Chempionlar ligasida g‘alaba qozonib, Germaniyaning futbol rekordini yangilash orqali uch karra muvaffaqiyatga erishdi. Riberi esa bu muvaffaqiyatda markaziy figura bo‘ldi. Albatta, u Ronaldu yoki Messidan kam gol urdi, ammo Frankning maydondagi roli biroz boshqacha. Shunga qaramay, bu saylovchilar o‘sha yillarda hukmronlik qilgan ikki yulduzning umumiy foniga berilib ketganining yorqin misolidir.

2018 yil. Modrich emas Ronaldu yoki Saloh

Messi va Ronalduning yillar davomida zerikarli hukmronligidan so‘ng, mukofotni boshqa birovga berish noto‘g‘ri, deyish juda g‘alati tuyuladi. “Oltin to‘p” esa Modrichga nasib etganidan ko‘pchilik xursand edi. Ammo bunga rozi bo‘lmaganlar ham ko‘p bo‘ldi. Xuddi shu yili Ronaldu 44 ta o‘yinda 44 ta gol urdi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, u yerda so‘zsiz yulduz edi. Saloh Chempionlar Ligasi finalida mag‘lub bo‘ldi, lekin o‘z o‘yini bilan "Liverpul"ni yangi bosqichga olib chiqdi va APLning 36 o‘yinida 32 gol urdi. Ammo sovrin Lukaga berildi.

2019 yil. Messi emas Virjil van Deyk

Kannavarodan beri markaziy himoyachining “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati ko‘proq bo‘lgani yo‘q. O‘sha paytda Van Deyk o‘zi qilgan ish bo‘yicha dunyodagi eng zo‘r edi. Chempionlar ligasi g‘olibligi uning ajoyib yutug‘i edi va u Millatlar ligasida g‘alaba qozonishga yaqin keldi, bu esa unga mukofot uchun kurashda yordam bergan bo‘lardi. “Liverpul” 2019/20 yilgi mavsumni kuchli boshladi. Agar bu hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot bo‘lsa, unda undan yaxshi nomzod yo‘q edi. Ammo saylovchilar boshqacha qaror qilishdi. Ha, 2019 yil Messi uchun oddiy yaxshi yil bo‘ldi. U "Barselona" bilan yana bir chempionlikni qo‘lga kiritdi, biroq ayni paytda "Roma" tomonidan Chempionlar ligasidan chiqarib yuborildi.

2021 yil Messi emas Levandovski

2021 yil Messi uchun unchalik yaxshi yil bo‘lmadi. U faqat "Barselona"ni tark etishdan oldin Qirol kubogini yutib oldi va "PSJ" bilan mavsum yomon boshlandi. Albatta, Amerika kubogidagi g‘alaba bor edi, lekin o‘sha safar, masalan, Di Mariya terma jamoada Messidan yomon ko‘rinmasdi. Levandovski o‘sha mavsumda Bundesligada 41 ta gol urib, Gerd Myullerning ajoyib rekordini yangiladi. 2020 yilgi Covid yilida France Football ba’zi sabablarga ko‘ra "Oltin to‘p" taqdimotini butunlay bekor qildi. Agar mukofot 2020 yilda topshirilganida, Robertning raqiblarida hech qanday imkoniyat qolmagan bo‘lardi.

Kiritildi: 16:43, 29.10.2023.
O'qildi: 8444 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.