Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Superkompyuter so‘nggi turdan keyin APL jadvalini taxmin qildi

Superkompyuter so‘nggi turdan keyin APL jadvalini taxmin qildi

Baho:
+ | -

"Barchaning ko‘zi global darajadagi o‘yinda bo‘ladi", – degan edi Erik ten Xag Manchester derbisidan oldin. Haqiqatdan ham shunday bo‘ldi. Ammo bu ko‘zlar faqatgina "MYU"ning o‘z maydonida sharmandali mag‘lubiyatga uchraganini guvohi bo‘ldi xolos. Xolandning ikki goli va Fodenning aniq zarbasi "Manchester Siti"ga mehmonda uch ochko taqdim etgandi. Shu va boshqa tur o‘yinlari yakunlangach, Opta Analyst o‘z kompyuterlarini ishga solgan holda, mavsumning qolgan qismida katta ehtimol bilan nimalar sodir bo‘lishini taxmin qilib ko‘rdi.

Unga ko‘ra, 2023/24 yilgi mavsum "Manchester Yunayted" uchun sakkizinchi pog‘onada tugaydi. Ayni damda ham "qizil iblislar" ayni shu o‘rinni egallab turibdi. 13 karra APL chempionlari o‘z tarixida yettinchi o‘rindan pastroqqa tushib ketmagan edi. Tushib ketgan paytda esa turnir hali APL deb atalmas, Fergyuson esa endigina klub boshiga kelgan. 1989/90 yilgi mavsum mankunianliklar uchun 13 o‘rinda yakun topadi. O‘shanda "MYU" qo‘shnisi tomonidan 5-1 hisobida mag‘lub etiladi.

Erik ten Xag o‘tgan mavsumda debyut qilib, Angliya liga kubogini jamoaga taqdim etgandi. Ammo sakkizinchi o‘rinni egallaganida, allaqachon ketgan bo‘lardi. Ikkinchi mavsumda aynan shunday hodisa yuz berishi mumkin. Kechagi mag‘lubiyat ten Xag faoliyatiga soya solishi hech gap emas. Hali ham "Manchester Siti" o‘z imkoniyatlarining faqatgina uchtasidan foydalana oldi xolos. Aks holda, hisob bundan ham yirikroq ko‘rinish olardi.
Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, amaldagi chempionlar bo‘lmish "Manchester Siti" yana yakunda Angliyada tengsizga aylanadi. Ayni damda liga yetakchilari bo‘lib turgan "Tottenxem" esa 38 turdan keyin 4 o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘ladi. O‘tgan mavsumda Gvardiola jamoasi bilan kuch sinashgan "Arsenal", bu safar uchinchi o‘ringa ko‘nishi kerak. "Liverpul" mavsum davomida "Manchester Siti"ga raqobatchi bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu mavsumda "MYU"ning chempion bo‘lish ehtimoli Opta tomonidan 0.00 % deya e’tirof etildi. Xullas, kuchli o‘ntalik quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.


1. "Manchester Siti"

2. "Liverpul"

3. "Arsenal"

4. "Tottenxem"

5. "Aston Villa"

6. "Nyukasl"

7. "Brayton"

8. "MYU"

9. "Vest Xem"

10. "Chelsi".

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:25, 30.10.2023.
O'qildi: 2302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик