Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bayer" urilgan gollar bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi

"Bayer" urilgan gollar bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 9-turida turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Bayer” o‘z maydonida “Frayburg”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Leverkuzenliklar joriy chempionatning to‘qqiz turidan so‘ng allaqachon yigirma yettita gol urdi.

Bu to‘qqiz turdan so‘ng klubning yangi rekordidir. Avvalroq jamoa chempionatning ushbu bosqichida eng ko‘p 24 ta gol urgandi. Bu 1996/1997 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan.

Bundesliganing navbatdagi turida “Bayer” 4 noyabr kuni mehmonda “Xoffenxaym”ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 15:15, 30.10.2023.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик