Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kimda zo‘rroq? Messi va Ronalduning sovrinlar jamlanmasiga nazar

Kimda zo‘rroq? Messi va Ronalduning sovrinlar jamlanmasiga nazar

Baho:
+ | -

Ronaldu va Messining qay biri zo‘r, qay biri kuchli va yaxshiroq ekani borasidagi tortishuvlar, argentinalikning jahon chempioni bo‘lishi bilan yakuniga yetgan bo‘lishi mumkindir. Ammo yana bir bahslashadigan soha bor. U ham bo‘lsa, bu ikki dahoning qay biri ko‘proq sovrin yutgani. Messi va Ronaldu umumiy 1500 mingdan ortiq golga mualliflik qilgan. Ular, shuningdek, jami 9 bor YECHLni, 17 ta ichki chempionatni, 2 bor qit’a chempionligi va boshqa ko‘plab shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Jahon chempionatidagi qahramonliklaridan keyin, Messi sakkizinchi bor "Oltin to‘p"ga ega chiqdi. U "PSJ" bilan ikki yilda ikki bor Fransiya chempionligiga erishgandi. Hozir Messi Amerikada, Ronaldu esa Saudiya Arabistonida harakat qilmoqda. Bu ikki afsona doimo bir-biriga qarshi salbiy fikr aytishdan saqlangan. Bu bekorga emas. Negaki, futbolda eng muhimi bu hurmatdir (bekorga UYEFAning bosh g‘oyasi va shiori – RESPECT, ya’ni hurmat emas).

Ronaldu Messi haqida shunday deydi: "Biz hamkasblarmiz. Biz o‘z ishimizni qilamiz. Boshqa ko‘plab futbolchilar kabi futboldan tashqari shaxsiy munosabatlarga ega emasmiz. Messi menga o‘xshab o‘z klubi va terma jamoasida yaxshi natijaga intiladi. Uzoq vaqtlik raqobatimizga ijobiy yondoshuv kerak. Negaki, aynan raqobat bizni hozirgi darajamizga olib chiqdi".
Messi esa Ronalduni "Yuventus"ga ketganini eshitib shunday degandi: "Uning ketgani yaxshi emas. Garchand men uchun Ronalduni sovrinlar yutishini ko‘rish og‘ir bo‘lsada, aynan u La-liga darajasini belgilab berdi".

Xo‘sh, shunday afsonalar bir-birini hurmat qilar ekan. Ko‘p jabhada kuchlar teng ekan, sovrinlar borasida nima deyish mumkin? Quyida bu statistika bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.
Eslatma: FIFAning eng yaxshi yil o‘yinchisi va "Oltin to‘p" sovrini qo‘shib topshirilgan yillar, faqat "Oltin to‘p" deya yozilgan. Shuningdek, quyida har qaysi individual sovrinlar hisoblangan.

 

Lionel Messi


Ichki chempionatda

La-liga – 10 marta ("Barselona" bilan)

Liga 1 – 2 marta ("PSJ" bilan)

Ispaniya kubogi – 7 marta

Ispaniya superkubogi – 8 marta

Chempionlar kubogi – 1 marta ("PSJ" bilan)

Xalqaro maqomdagi

YECHL – 4 marta ("Barselona" bilan)

Ligalar kubogi – 1 marta ("Inter Mayami" bilan)

UYEFA Superkubogi – 3 marta

Boshqa

FIFA klublar o‘rtasidagi mundial – 3 marta

Terma jamoalar miqyosida

Jahon chempionati – 1 marta (2022)

Kopa Amerika – 1 marta (2021)

Olimpiada – 1 marta (2008)

Jami: 42 ta sovrin

Individual

"Oltin to‘p" – 8 marta

FIFA yil o‘yinchisi – 3 marta

FIFA Jahon chempionati oltin to'pi – 2 marta

UYEFA Yevropaning eng yaxshi futbolchisi – 2 marta

Jami: 15 ta sovrin

 

Krishtianu Ronaldu

 

Ichki chempionada

APL – 3 marta ("MYU" bilan)

La-liga – 2 marta ("Real" bilan)

A seriya – 2 marta ("Yuventus" bilan)

Angliya liga kubogi – 2 marta

Angliya kubogi – 1 marta (2004)

Ispaniya kubogi – 2 marta

Italiya kubogi – 1 marta (2021)

Portugaliya superkubogi – 1 marta (2002)

Angliya superkubogi – 1 marta (2007)

Ispaniya superkubogi – 2 marta

Italiya superkubogi – 2 marta

Xalqaro maqomdagi

YECHL – 5 marta

UYEFA Superkubogi – 2 marta

Arab klub chempionlari kubogi – 1 marta (2023)

Boshqa

FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati – 4 marta

Terma jamoalar miqyosida

Yevropa chempionati – 1 marta (2016)

UYEFA Millatlar ligasi – 1 marta (2019)

Jami: 33 ta

Individual

"Oltin to‘p" – 5 marta

FIFA yil o‘yinchisi – 3 marta

UYEFA Yevropaning eng yaxshi futbolchisi – 3 marta

Umumiy: 11 ta.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:15, 31.10.2023.
O'qildi: 10535 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.