Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ashaddiy raqiblar, ibratli uyg‘unlik

Ashaddiy raqiblar, ibratli uyg‘unlik

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda daho darajasiga ko‘tarilgan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu fe’l-atvor, xulq va kundalik hayotga munosabat nuqtai nazaridan turli qutblarda.

Ularning qarashlari hattoki, qarama-qarshi kelishi ham mumkin ba’zi jihatlarda. Lekin ikki yulduzda bir xil, muhimi, ko‘pchilik uchun ibrat sifatida ko‘rsatishga arziydigan ijobiy xislatlar ham yo‘q emas.

«Inter Mayami» klubida to‘p surayotgan Lionel Messi yaqinda OLGA nashri vakili bilan suhbat chog‘i o‘z farzandlari oldiga telefondan foydalanish bo‘yicha qat’iy qoidalar qo‘yganini ta’kidladi. Bilamizki, Leo futbol olamida oilaparvar va mehribon ota sifatida ham nom qozongan. Ma’lum bo‘lishicha, u ayrim masalalarda o‘ta qattiqqo‘l inson: «Bolalar tarbiyasida hech qachon muloyimlik qilmayman, lekin chegaradan ham chiqmayman. Hozirgacha farzandlarimning hech biri mobil telefoniga ega emas. Ularga bu borada uncha ko‘p gapirmayman. Shunchaki, qat’iy talabimni aytsam, barchasini tushunib olishadi».

Krishtianu Ronaldu ham aynan shu mazmunda fikr-mulohaza bayon etgandi 1 yilcha oldin. Portugaliya­lik o‘shanda hanuzgacha hatto to‘ng‘ich o‘g‘liga telefon olib bermaganini aytgandi: «Katta farzandim yaqinda 12 yoshga to‘ladi. U doimo bitta savol bilan murojaat qiladi: «Otajon, menga qachon telefon olib berasiz, qachon olib berasiz?» Men esa bir xil javobni takrorlayveraman: «Krishtianu, telefon tutishing uchun oldinda vaqting juda ko‘p». Ha, hozirgi avlod bolalari yoshga nisbatan ancha ilgarilab ketishganidan xabardorman. Bundan unumli foydalanish kerakligini ham bilaman. Ularga telefon berish kerakdir, lekin nuqul o‘ynash uchun emas. O‘ylaymanki, bu juda muhim». Ehtimol, kichik Krishtianu hozir shaxsiy smartfonga egadir. Axir u shu yilning yozida 13 yoshga to‘ldi. Lekin shunisi aniq, bolalarning kichik yoshdan telefonga berilib ketishlarini nafaqat Messi va Ronaldu, balki oddiy insonlar ham istamaydilar.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:55, 01.11.2023.
O'qildi: 2160 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик