Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Bobur Arena" diskvalifikasiya qilindi, "Bunyodkor" stadioniga intizomiy chora ko‘rildi

"Bobur Arena" diskvalifikasiya qilindi, "Bunyodkor" stadioniga intizomiy chora ko‘rildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvining 27-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi D. Turopov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining tizza qismiga tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Diyorjon Turopovga (Neftchi) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvining 81-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi SH. Abdurahmonov ikkinchi sariq, qizil kartochka olgandan so‘ng boshi bilan bosh haqamning yuz qismiga zarba bermoqchi bo‘lgan va tajovuzkor harakat qilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Shoxrux Abdurahmonovga (Bunyodkor) jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, “Neftchi” futbol klubi muhlislari tomonidan uchrashuv davomida, shu jumladan, uchrashuvning tanaffus vaqtida va uchrashuv yakunlangandan so‘ng uchrashuv hakamlari sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgani hamda maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgani bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha tegishli chora ko‘rish so‘ralgan. Shuningdek, uchrashuvga oid videoyozuv va boshqa ma’lumotlar tahlil qilinganda mezbon jamoa sifatida “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan stadionda jamoat tartibi va xavfsizligining ta’minlanishi yetarlicha tashkil etilmagani aniqlandi.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Neftchi” futbol klubiga nisbatan o‘z muhlislari tomonidan salbiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olinmagani uchun O‘FA Intizom kodeksining 5.34-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, “Bunyodkor” futbol klubiga nisbatan stadionda jamoat tartibi va xavfsizligining ta’minlanishi yetarlicha tashkil etilmagani uchun O‘FA Intizom kodeksining 5.9-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Qizilqum”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 14-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi A. Bo‘riyev to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abdurauf Bo‘riyevga (Olimpik) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik”—“Qizilqum”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 77-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi A. Shulaiga uchrashuv bosh haqami tomonidan berilgan birinchi va ikkinchi sariq kartochka, qizil kartochka bo‘yicha vaziyat O‘zbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi bilan Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan, deb topilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Olimpik”— “Qizilqum” uchrashuvi bosh hakami tomonidan Akaki Shulaiga mazkur uchrashuvda ko‘rsatilgan barcha kartochkalar O‘FA Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

“Andijon” — OKMK

Superliganing 23-turi doirasidagi “Andijon” — OKMK uchrashuvda, “Andijon” futbol klubi muhlislari tomonidan uchrashuv davomida, shu jumladan, uchrashuvning tanaffus vaqtida va uchrashuv yauknlangandan so‘ng uchrashuv hakamlari sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgani hamda turli xil buyumlar uloqtirilgani, uloqtirilgan buyumlardan biri yordamchi hakamga teggani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o‘tkazish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 15:42, 02.11.2023.
O'qildi: 4173 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.