Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
25/04 21:30 Al-Hilol 7-0 Kvangju
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) - Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino

Kamtarin klubning kutilmagan kashfiyoti

Kamtarin klubning kutilmagan kashfiyoti

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining mavsum startida peshqadam bo‘lib olgan va hamon yetakchi beshlikda borayotgan «Brest» o‘z tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichga erishish yo‘lida dadil odimlamoqda.

Ehtimol, bu kamtarin jamoa sizga yaxshi tanish emasdir. Marhamat, bir qator qiziqarli faktlar bilan tanishing:

*** «Brest» 1950 yilda 5ta mahalliy klubning birlashishi natijasida shakllangan. 73 yillik faoliyatidagi eng yuqori natijasi - Liga 1da 8-o‘rinni 1987 yilda qayd etgan. Lekin 1991 yilda elitani tark etgan, 2 oydan keyin bankrotga uchragan;

*** 2004 yilda Ikkinchi divizionga, 2010 yilda Liga 1ga qaytgan. 2013 yilda so‘nggi bor elitani tark etib, 6 yildan keyin qaytgan va faoliyatini davom ettirmoqda;

*** Jamoa sharafini David Jinola va Julio Sezar (darvozabon emas, balki o‘z vaqtida «Yuventus» va «Borussiya Dortumnd» safida to‘p surgan himoyachi) kabi mashhurlar himoya qilishgan.

Aynan shu «Brest» tufayli afsonaviy Frank Riberi grandlar e’tiborini tortgan.

Riberi qurilishda ishlardi

Frank «Brest» tarkibida atigi 1 yil to‘p surgan. Biroq aynan shu klub uning faoliyatini tubdan o‘zgartirib yubordi. «Riberini tarkibga jalb etgan davrimizda «Brest» 3-divizionda to‘p surardi. Bu ligada top-darajaga ko‘tarilish hammaga nasib etavermaydi. Men Frankning imkoniyatini 1 foizga baholab, xatoga yo‘l qo‘ygandim. Undan juda mamnunman», - deydi murabbiy Filipp Gursa.

2004 yilga qaytamiz: 21 yoshli Frank Riberining hayoti ayrim yulduzlarning dabdabali hayotiga o‘xshamaydi.1500 yevro miqdoridagi oylik maosh mo‘mina Vohiba bilan barvaqt turmush qurgan futbolchiga qo‘shimcha ish yordamisiz oilaviy ehtiyojlarni qondirishga kamlik qilardi. Xonadonga mebel xarid qilish uchun futbolchi 3000 yevro kredit olishga majbur bo‘lgandi. O‘sha paytlarda Frank Bulon-syur-Mer shahridagi yo‘l qurilishi korxonasida ishlaydigan otasining yonida ishlashga qaror qildi. U ertalab soat 6da o‘rnidan turib, ishga yo‘l olardi. Kechqurun esa «Brest» safida 3-divizionda futbol o‘ynardi.

Fevral oyida Riberining turmush tarzida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: Fransiya Kubogi turnirida qur’aga binoan «Brest» elita vakili bo‘lmish «Nant» bilan kuch sinashgandi. Stadionga yo‘l olgan Frank otasining nasihatini xayolidan o‘tkazdi:

«O‘g‘lim, o‘yinda jamoang g‘alaba qozonishi yoki mag‘lubiyatga uchrashi muhim emas. Asosiysi, sen bor kuch-mahoratingni sarflashing va chinakam yaxshi o‘yin ko‘rsatishing».

Buni Riberining o‘zi ham tushunib turgandi - bunday imkoniyat keyin takrorlanmasligi mumkin. Afsuski, o‘shanda joriy mavsumdagidek sensasiya yuz bermadi. «Nant» 4:0 hisobida zafar quchdi. Lekin Frank shunday o‘yin ko‘rsatdiki, mavsum yakunida unga «Mets»dan «sovchilar» kelishdi.

«Bu o‘yinda men o‘z hayotimni saqlab qoldim. O‘sha kuni ajoyib o‘yinni namoyish etdim, 2 haftadan ke­yin Fransiyaning nomdor klublaridan takliflar kela boshladi. Agar «Brest»ning o‘sha o‘yinida maydonga tushmaganimda, kim biladi deysiz, balki hozir ishsiz yurgan bo‘larmidim», - degandi Riberi 2010 yilda mamnuniyat bilan.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:59, 05.11.2023.
O'qildi: 2273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz