Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Luis Dias gol urib, otasini o‘g‘irlaganlarga murojaat qildi

Luis Dias gol urib, otasini o‘g‘irlaganlarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan “Luton Taun” – “Liverpul” uchrashuvi yakuniga yetdi. Jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynab, g‘olibni aniqlay olishmadi.

Mehmonlarni mag‘lubiyatdan 95-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Luis Dias qutqarib qoldi. Gol urganidan so‘ng, 26 yoshli kolumbiyalik libosini ko‘tardi, uning ostida "Dadamni ozod et" yozuvi yozilgan futbolka bor edi.

Eslatib o‘tamiz, vinger vatanida ota-onasi o‘g‘irlab ketilgani uchun jamoasining so‘nggi uchta o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. Biroz vaqt o‘tgach, futbolchining onasiga uyga ketishga ruxsat berildi, ammo otasining taqdiri hali ham noma’lum.

Avvalroq OAVda Diasning otasi Milliy ozodlik armiyasi guruhi tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: 06:00, 06.11.2023.
O'qildi: 4321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик