Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyo kubogi-2023. O‘zbekiston terma jamoasi qaysi mehmonxonada yashashi aniq bo‘ldi

Osiyo kubogi-2023. O‘zbekiston terma jamoasi qaysi mehmonxonada yashashi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasining kelasi yil boshida Qatarda bo‘ladigan Osiyo kubogi davomida qayerda turishi ma’lum bo‘ldi. Demak, jamoamiz delegasiyasi  Doxa shahrida joylashgan St. Regis Doha mehmonxonasidan qo‘nim topadi. Ma’lumot uchun, JCH-2022 vaqti Niderlandiya terma jamoasi vakillari ayni shu mehmonxonada yashashgan.

Umuman, bo‘lajak Osiyo kubogida ishtirok etadigan barcha terma jamoalarga ajratilgan mehmonxonalar ro‘yxati ma’lum. Ta’kidlash kerak, ayrim jamoalar turnir davomida 1ta mehmonxonada turadi. Aniqrog‘i, Avstraliya  va Bahrayn, Ummon va Gonkong hamda Iroq va Tailand terma jamoalari delegasiyalariga 1tadan mehmonxonada joy ajratilgan. Qolgan jamoalar alohida mehmonxonalardan foydalanadi. Aytgancha, 2019 yili BAA qabul qilgan Osiyo kubogida nimchorak final o‘yini oldidan O‘zbekiston va Avstraliya milliy jamoalari Al-Ayn shahridagi mehmonxonada birga turgandi. Bunaqasi katta musobaqalarda kamdan-kam uchraydi.

OK-2023: ishtirokchi jamoalarga ajratilgan mehmonxonalar

Qatar - Al Messila Luxury Collection Resort (JCH-2022da Fransiya termasini qabul qilgan)

Xitoy  - Le Meridien City Center Doha (JCH-2022da J.Koreya termasini qabul qilgan)

Tojikiston - Banyan Tree Doha (JCH-2022da Kamerun termasini qabul qilgan)

Livan - Voco Doha West Bay Suites (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Avstraliya va Bahrayn - Marsa Malaz Kempinski (JCH-2022da AQSH termasini qabul qilgan)

O‘zbekiston - St. Regis Doha (JCH-2022da Niderlandiya termasini qabul qilgan)

Suriya - Ezdan Palace Doha (JCH-2022da Polsha termasini qabul qilgan)

Hindiston - Hotel Steigenberger (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Eron - Al Rayyan Hotel Curio (JCH-2022da Eron termasini qabul qilgan)

BAA - Waldorf Astoria Lusail (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Gonkong va Ummon - Wyndham Doha West Bay (JCH-2022da Marokash termasini qabul qilgan)

Falastin - Intercontinental Doha-The City (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Yaponiya - The Westin Doha Hotel&Spa (JCH-2022da Braziliya termasini qabul qilgan)

Indoneziya - W Hotel Doha (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Iroq va Tailand - Dusit D2 Salwa Doha (JCH-2022da Kosta-Rika termasini qabul qilgan)

Vyetnam - Holiday Villa Hotel&Residence (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Janubiy Koreya - Grand Hyatt Doha (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Malayziya - Dusit Doha Hotel (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Iordaniya - Century Marina Hotel Lusail (JCH-2022da jamoa qabul qilmagan)

Saudiya Arabistoni - Al Aziziyah Boutique Hotel (JCH-2022da Qatar termasini qabul qilgan)

Qirg‘iziston - Hyatt Regency Oryx Doha (JCH-2022da Ekvador termasini qabul qilgan)

O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogi davrida o‘z mashg‘ulotlarini «Qatar universiteti» maydonlarida olib boradi. Aytish joiz, JCH-2022 g‘olibi Argentina termasi aynan shu universitet maydonlarida shug‘ullangan edi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 07.11.2023.
O'qildi: 2064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.