Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Xyoylund: "Reshfordga ko‘rsatilgan qizil kartochka o‘yinni o‘zgartirib yubordi"

Xyoylund: "Reshfordga ko‘rsatilgan qizil kartochka o‘yinni o‘zgartirib yubordi"

Baho:
+ | -

Xyoylund "Manchester Yunayted"ning "Kopengagen"dan uchralgan mag‘lubiyatini Reshfordning chetlatilishi bilan bog‘ladi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida hakamlar mehmonlar hujumchisi Markus Reshfordga qizil kartochka ko‘rsatishga qaror qilishdi.

"Ochig‘ini aytsam, biz juda yaxshi boshladik deb o‘ylayman. Biz maydondan chetlatishdan oldin o‘yinni nazorat qildik va bu o‘yinning borishini o‘zgartirdi, albatta.

Agar siz natijaga qaramasangiz, faqat birinchi 20 daqiqani hisobga olsangiz, menimcha, biz juda yaxshi ko‘rindik.

O‘ylaymanki, biz chetlatilishdan keyin biroz susaydik. Tarkibda bitta kam odam bilan o‘ynadik va bu, albatta, raqibda ishonch uyg‘otdi va bu o‘rinda tomoshabinlar jamoaga qanday yordam berishini bilaman.

Bu ularga kuchli turtki berdi. Ikkinchi bo‘lim boshida biz juda yaxshi ko‘rindik. Biz bor e’tiborimizni to‘pga qaratib, o‘yinni doimiy ravishda o‘zgartirib, penalti ishlab, yana oldinga chiqib oldik. Shunday ekan, o‘yin yakunida yana nol ochkoga ega bo‘lganimiz achinarli", - dedi "Manchester Yunayted"ning daniyalik hujumchisi Rasmus Xyoylund TNT Sports telekanalida.

Uchrashuvni litvalik Donatas Rumshas boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Kiritildi: 07:20, 09.11.2023.
O'qildi: 1332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик