Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Ketma-ket uchinchisi. Postekoglu yana APLda oy murabbiyi deb topildi

Ketma-ket uchinchisi. Postekoglu yana APLda oy murabbiyi deb topildi

Baho:
+ | -

Ange Postekoglu ketma-ket uchinchi marta Premyer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

“Tottenxem”ning 58 yoshli avstraliyalik bosh murabbiyi avgust, sentyabr va oktyabr oylari natijalariga ko‘ra sovrinni qo‘lga kiritdi.

Postekoglu Premyer-ligadagi dastlabki uch oyining har birida sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi murabbiydir.

Bungacha uch oy ketma-ket sovrinni faqat uchta murabbiy qo‘lga kiritgan - Antonio Konte, Pep Gvardiola va Yurgen Klopp. Rekord Pepga tegishli - u 2017/18 yilgi mavsumda ketma-ket 4 marta g‘alaba qozongan.

"Tottenxem" oktyabr oyini turnir jadvalida birinchi o‘rinda yakunladi va o‘sha oydagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan yagona jamoaga aylandi. Londonliklar uchta g‘alabaga ega - "Luton" (1:0), "Fulxem" (2:0) va "Kristal Pelas" (2:1).

Kiritildi: 17:20, 10.11.2023.
O'qildi: 2146 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик