Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Islom Mamatkazin: "Menga ishonch bildirgani uchun Aleksandr Andreevichdan minnatdorman"

Islom Mamatkazin: "Menga ishonch bildirgani uchun Aleksandr Andreevichdan minnatdorman"

Baho:
+ | -

Chempionatni raqobatbardosh darajada o‘tkazayotgan “Andijon” klubi joriy mavsumda maqsadi jiddiyligini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, tarkibda ko‘plab mahalliy o‘yinchilar ham bo‘lib, ularga e’tibor ham kishini quvontirmoqda. Chunki asosiy jamoada andijonlik qator futbolchilar ham to‘p surishyapti hamda muxlislarining ishonchini qozonishmoqda. Ana shunday yigitlardan biri Islom Mamatkazin.

Jamoaning mudofaa chizig‘idagi o‘yinlari orqali tajribasini oshirib borayotgan yigit “Andijon”da o‘z o‘rnini topib bormoqda. Lekin u o‘tgan turda biroz jarohat oldi.

— Islom, dastavval jarohatingiz haqida so‘ramoqchiman. Tiklanish qanday kechyapti va hozirda o‘zingizni qanday his qilyapsiz, og‘riqlar bezovta qilmayaptimi?

— “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandim. Xudoga shukr, hozirda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Individual tarzda mashg‘ulotlarni olib boryapman.

— Tarkibda raqobat kuchli bo‘lishiga qaramay, bu yil jamoaning asosiy tarkibidan joy olishga muvaffaq bo‘ldingiz. Bunga qanday erishyapsiz?

— Raqobat bor joyda o‘sish bo‘lganidek, mehnat qilyapmiz va harakatdan to‘xtamayapmiz. O‘z ustimizda ishlashda davom etyapmiz. Bizga e’tibor qaratib, ishonch bildirgani uchun jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Andreevichga minnatdorchilik bildiramiz.

— Mavsum yakunigacha ikkita tur qoldi. Chempionat oxirlagani sari jamoalarda charchoq sezilishi mumkin. Bu borada jismoniy holat qanday?

— Ha, OKMK va “Qizilqum” bilan uchrashuvlarda biroz charchoq bor edi. Chunki o‘yinlar orasida pauza kam bo‘ldi. Ayni paytda jamoamizdagi barcha futbolchilarda kayfiyati yaxshi, o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz.

— Jamoani oldinda “Turon” va “Buxoro”ga qarshi o‘yinlar kutyapti. Bo‘lajak uchrashuvlarga “nastroy” qanday bo‘lyapti?

— “Turon” va “Buxoro” bilan uchrashuvlarga yigitlarning tayyorgarligi a’lo darajada. Xudo xohlasa, g‘alaba bilan qaytamiz.

— Himoyachi sifatida sizga qaysi hujumchiga qarshi to‘p surish murakkab?

— Hali bunaqa hujumchini bilmadim. Balki Rubin Xebay bo‘lsa kerak-da. U bejizga to‘purar bo‘lib turgani yo‘q.

— O‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingiz qanday?

— “Andijon” bilan keyingi yili yanada yaxshiroq natijalar ko‘rsatib, o‘z ishqibozlarimizni xursand qilmoqchimiz. Shuningdek, men faoliyatimda yanada oldinga qadam tashlab, kuchli chempionatlarda to‘p surishni hamda milliy terma jamoamizga foydamiz tegishini istayman va bu maqsadlarimdan biri.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:03, 13.11.2023.
O'qildi: 1387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик