Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

O‘tgan yozda "Liverpul"ga o‘tmagan futbolchilar: ular kim edi?

O‘tgan yozda "Liverpul"ga o‘tmagan futbolchilar: ular kim edi?

Baho:
+ | -

"Liverpul" yoz davomida yarim himoya chizig‘ini yangilash bilan band bo‘ldi. Kimlar sotib olinganini bilasiz va bu qiziq emas. Sizning e’tiboringni boshqa, kimlar sotib olinishi kerak edi degan savolga qaratmoqchimiz. Yurgen Klopp ko‘zlagan nishonlarning beshtasini quyida bilib olasiz. Shuningdek, ular qayerda va qanday natijaga erishayotganini ham.

Moyses Kaysedo

"Chelsi" va "Liverpul" o‘rtasida avgust oyi boshlarida yuz bergan katta poygani eslasangiz kerak. O‘sha poyga aynan Kaysedo sababli yuz bergan. Aynan shu poyga futbolchining narxi keskin ko‘tarilib ketishiga ham sababchi bo‘lgan. Ekvador terma jamoasi a’zosi 115 million funt evaziga "Chesli" futbolchisiga aylandi. Bu Angliyadagi rekord transfer sanaladi. Kaysedo o‘zining debyut bahsida "Vest Xem"ga penalti ishlab bergandi. Hozir u Pochettino jamoasida asosiy tarkibdan joy olgan.

Romeo Laviya

Laviya ham yoz davomida "Liverpul" radarida bo‘ladi. Ammo uning xaridini ham "Chelsi" tortib oldi. Negaki, belgiyalikka London klubi yaxshiroq taklif bildiradi. Avvaliga "Liverpul" Laviya borasida 60 million funtlik kelishuvga erishgandi. Ammo Todd Boeli bu narxga ancha qo‘shgani sababli Laviyaning manzili o‘zgardi. Afsuski, hozir 19 yoshli yarim himoyachi to‘pig‘idan olgan jarohati sababli sentyabr oyidan beri maydonga tusha olmayapti.

Kefren Tyuram

"Liverpul" Tyuramga jiddiy qiziqishda edi. Ammo "Nissa" va Mersisayd klubi o‘rtasidagi muzokaralar omadli yakunlanmaydi. Bunga sabab tomonlarning narx borasidagi turli fikrlaridir. Tyuramning o‘zi "Nissa"da qolgani haqida shunday deydi: "Mavsumni yaxshi boshladim deb o‘ylayman. Jamoa bilan kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Transferlar oynasida nima sodir bo‘lganiga qaramay, men shu yerdaman. Shu jamoaga yordam berishni istayman. Katta klublar menga qiziqayotgani quvonarli, albatta. Bu mening to‘g‘ri yo‘lda ekanimdan dalolat".

Federiko Kyeza

So‘nggi Yevropa chempionatida ajoyib harakatlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgan futbolchi, oxirgi paytlarda unchalik ham ko‘rinmay qoldi. Shu sababli "Yuventus" uni yoz davomida sotishga harakat qildi. Kyeza bu mavsumda 4 ta gol urishga erishdi. 26 yoshli futbolchiga "Nyukasl" va "Arsenal" qiziqish bildirgani aytilmoqda. Agarda uni "Liverpul" olmoqchi bo‘lsa, Klopp tezroq harakat qilishi kerak.

Sheyk Dukure

Dukure o‘tgan mavsumni "Kristal Pelas"da zo‘r o‘tkazdi. Shu sabab yozda "Liverpul" uni xarid qilmoqchi bo‘ldi. London klubi yarim himoyachini jamoada olib qolish imkonini topdi deyish mumkin. 23 yoshli Mali terma jamoasi a’zosi bu mavsum barcha ko‘rsatkichlarda yetakchilik qilmoqda. Qishda Dukure uchun yana kurash boshlanishi aniq.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:14, 14.11.2023.
O'qildi: 3573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик