Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Ziyodaxon Abdusattorova: «Olimpiadalarda kamondan otish sportida yurtimiz sharafini birinchi bo‘lib himoya qilish men uchun katta baxt»

Ziyodaxon Abdusattorova: «Olimpiadalarda kamondan otish sportida yurtimiz sharafini birinchi bo‘lib himoya qilish men uchun katta baxt»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ziyodaxon Abdusattorova Tailandda o‘tgan Parij-2024 litsenzion turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz uchun tarixda mazkur sport turida birinchi Olimpiada yo‘llanmasini taqdim qildi.

Bu natija bilan Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi qatnashadigan sport turlarining geografiyasi yana bittaga ko‘payadigan bo‘ldi. Quyida Tailanddan tarixiy natija bilan qaytgan sportchimizning musobaqa taassurotlari bilan o‘rtoqlashamiz:

– Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik birinchi kamonchi bo‘lish taassurotlari qanday ekan?

«Olimpiadalarda kamondan otish sportida yurtimiz sharafini birinchi bo‘lib himoya qilish men uchun katta baxt. Buning hissiyotlarini so‘z bilan ta’riflab bera olmayapman. Bu sportimiz, qolaversa, O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi uchun juda muhim va quvonchli voqelik bo‘ldi. Ishonamanki, bunday yirik natijalar mamlakatimizda kamondan otish sporti yanada rivojlanishiga oz bo‘lsa ham hissa qo‘shadi.

– Faoliyatingizdagi eng muhim o‘q uzish oldidan xayolingizdan nimalar o‘tdi?

Men uchun barcha uzilgan o‘qlar juda muhim. Tailandda hal qiluvchi palladagi o‘q ulardan biri. O‘q uzishdan oldin xayolim faqat qoq markazni nishonlash va qanday bo‘lmasin, 10 ochkolik aylanani poylash edi. Buni uddalay olganimdan xursandman.

– Minimum vazifa bajarildi. Endi oldinga qo‘yilgan vazifa qanday?

Oldimizda hali katta maqsadlar bor. Biz uchun lisenzion davr yakunlangani yo‘q. Kelasi yil jamoaviy yo‘nalishda ham Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va Parijdan medal bilan qaytish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

– Olimpiadani qanday tasavvur qilyapsiz?

Parij-2024 Olimpiadasini ko‘tarinki ruhda o‘tadigan, yorqin xotiralarga to‘la, o‘z sportida dunyoning eng zo‘rlari bellashadigan, asosiysi, O‘zbekiston delegasiyasi uchun chiroyli g‘alabalarga boy musobaqa bo‘ladi, deya tasavvur qilyapman», – dedi sportchi. 

Kiritildi: 19:11, 14.11.2023.
O'qildi: 930 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик